59
7-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI - AGROSANOAT MAJMUASINING ASOSIY
BO’G’INI
7.1. Qishloq xo’jaligi - agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, uning o’ziga xos
xususiyatlari
7.2.
Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati
7.3. SHirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
7.4. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
7.1.
Qishloq xo’jaligi - agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, uning o’ziga xos
xususiyatlari
7.2.
Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi asosiy bo’g’ini bo’lib,
uning rivojlanishi
agrosanoat majmuasining jadal va barqaror rivojlanishining asosi hisoblanadi. Qishloq
xo’jaligi quyidagi sabablarga ko’ra agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini,
yadrosi
hisoblanadi:
qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasiga kiruvchi sanoat tarmoqlari chiqarayotgan ishlab
chiqarish vositalarini asosiy iste’molchisi. Sanoatning bu tarmoqlari oldigan qanday
mahsulotlar chiqarishi lozimligi to’g’risida talablarni qo’yadi;
hududlar bo’yicha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarishning hajmi qayta
ishlash tarmoqlari korxonalarining joylashishiga va rivojlanishiga asos bo’ladi;
sanoatda ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi qishloq
xo’jaligida yuzaga chiqadi;
qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi oxir oqibatda
agrosanoat majmuasida
mehnatning unumdorligi darajasini belgilaydi;
qishloq xo’jaligida mahsulot va ishlar tannarxi agrosanoat majmuasi mahsulotlari
tannarxining darajasini belgilaydi;
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonlarining sanoatlashishi
uni qayta ishlash
tarmoqlari bilan integratsiyalashuvining asosi hisoblanadi.
Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo’jaligi o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo’jaligini farqlab turadi
va ishlab chiqarishni tashkil etishda o’z talablarini qo’yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan
iborat:
1. Qishloq xo’jaligi tabiiy omillarning ta’siri katta. Ob-havoning keragidan issiq yoki
sovuq kelishi, yog’ingarchilikning me’yoridan ko’p yoki kam bo’lishi qishloq xo’jaligida
qilinayotgan mehnatning natijasi turlicha bo’lishiga olib keladi.
2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi.
Bu, o’z
navbatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas,
balki
bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni
talab qiladi..
3. Qishloq xo’jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib,
undan
foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga
olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi.
4. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natijasida
olinayotgan daromadlarning olinish davri o’rtasida farq katta.
5. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi.
60
6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismini o’zi urug’lik, yem –
xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi.
7. Qishloq xo’jaligi mahulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash murakkab.
8. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari noelastik hisoblanadi. Buning natijasida
qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab ham noelastik bo’ladi. Ko’plab
rivojlangan
davlatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlaraning narxga nisbatan elastiklik koeffitsienti 0,2-
0,25 ni tashkil etadi. Bu degani qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni 10 foiz
oshirish (qishloq xo’jaligi mahsulotlari xaridini 10 foizga ko’paytirsh) uchun ularni narxini
40-50 foizga tushirish kerak degani.
9. Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanish darajasining yuqoriligi. Mablag’larning
aylanishi tezligi juda sekin yuz beradi. Bu qishloq xo’jaligini investorlar uchun
jozibadorligini pasaytiradi.
10. Qishloq xo’jaligida juda ko’plab bir turdagi mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi
korxonalarning mavjudligi. Bu xususiyat natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida
erkin raqobat muhiti yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: