90
tovarlar taklif ko’rinishida mavjud bo’ladi va sotuvchining vazifasiga axborat berish,
xaridorni qiziqtirish va uni raqobatchilarning emas, balki o’zining tovarini sotib olishga
undash kiradi. Bu holatda sotuvchi o’z qishloq xo’jaligi mahsulotlari reklamasiga, uning
sotilishini rag’bantlantirishga, texnik xizmat ko’rsatishga va boshqa shunga o’xshash
narsalarga qo’shimcha xarajatlar qiladi.
Undan tashqari, sotuvchi uchun savdo – sotiqning samaradorligini oshiruvchi asosiy
omil qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashdir.
Uchinchi bosqich – bozor talablari va xaridorlarning aniq ehtiyojlari bilan ishlab
chiqarish vazifalarining bog’liqligiga asoslangan ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish
tizimining vujudga kelishi. Bunday tizim quydagilarni o’z ichiga oladi: “bozorni o’rganish -
fan yangiliklarini joriy etish - qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarilishi -
talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish - istemolchi”. Bu tizim “xaridor bozori”
sharoitida qo’llanadi va ancha keng tarqalgan marketing kontseptsiyasi hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi fermerining ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish va ilmiy –
texnikaviy faoliyati bilan boshqarish kontseptsiyasi sifatida marketing o’tgan asrning 60-70-
yillarida vujudga kelgan (marketing tadqiqotlarining ilk kurtaklari 30-yillarning oxirida va
bevosita ikkinchi jahon urishidan so’ng kuzatilgan).
Qishloq xo’jaligi marketingi uchun quyidagi asosiy holatlar yoki tamoyillar mosdir:
1.
qishloq xo’jaligi biznesining iste’molchilar talablarigi qarab ish tutishi;
2.
segmentatsiya va maqsadli bozorni aniqlash;
3.
ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishning aktiv va potentsial iste’molchilarning
talablariga va bozor sharoitlarining o’zgarishiga moslashishi yoki egiluvchan ta’siri;
4.
yangiliklar kiritish;
5.
strategik rejalashtirish va boshqalar.
Qishloq xo’jaligi fermerining iste’molchilar talablariga yo’naltirishi ko’p tajriba talab
qiladigan ilmiy – amaliy, tadqiqot va analitik ishni, bozor ehtiyojini chuqur va har
tomonlama o’rganishni, bozor muhiti va iste’molchining motivatsiyasini o’rganishni
nazarda tutadi.
Analiz uchun bozor hajmi, narxni tashkil etish tizimi, narx sur’ati, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining iste’mol xususiyati, hamkor qishloq xo’jaligi fermerlari ishining qurilishi
va uslublari spetsifikasi, sotishni tashkil etish kanallari, sotishni rag’batlantirish usullari,
savdo ishining o’ziga mosligi va boshqalar kerak bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi fermeri va shirkat xo’jaliklari ichidagi rejalashtirish marketing
dasturlariga tayangan holda o’zining asosliligi va realligi bilan ajralib turadi va ma’lum
darajada bozor raqobatining keskinligini yumshatishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: