O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari. 
Matematika ta’limiy 
faoliyatlarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar quyidagicha: 
1. Matematika ta’limiy faoliyatlarida son-sanoq bo‘limi bilan bir qatorda 
dasturning boshqa bo‘limlarini ham rejalashtirish, son-sanoq bo‘limidagi dastur 
vazifasi hamma mashg‘ulotlarda ham asosiy o‘rinni egallashi kerak.
2. Har bir ta’limiy faoliyatlarda ikki-uch dastur vazifasi rejalashtiriladi. 
Birinchisi yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti-sakkiz ta’limiy faoliyatldan keyin takroriy usulda ta’limiy 
faoliyatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
4. Matematika ta`limiy faoliyatlarida eng asosiy o‘rgatish usuli ko‘rgazmali 
o‘rgatish usulidir. O‘rgatish usulida harakatli o‘yin, didaktik o‘yin usullari katta 
o‘rin egallaydi.
5. Matematika ta’limiy faoliyatlarida dastur mazmuni ko‘rgazmali 
materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.


34 
6. Ikkinchi kichik va o‘rta guruhda mashg‘ulotlarni yakunlashda tarbiyachi 
dastur mazmunida
 
bolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
7. Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi. Ta’lim 
faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab etiladi: 
1. Bolalarning ilmiy, psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatlari 
asoslari qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish 
dasturini, ya’ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o‘rgatish metodik usullarini egallash, ya’ni ishni qanday olib 
borish.
5. O‘rgatish dasturi materialini egallash faqat maxsus ta’limiy 
faoliyatlardagina amalga oshirilishini bilish.
6. Har bir ta’limiy faoliyatda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa 
matematik tushunchalar: kattalik, shakl, tevarak-atrof, vaqt tushunchasini 
rejalashtirishni bilish.
7. Ta’lim faoliyatlari didaktik tamoyil asosida tuzilishini bilish.
8. Ta’lim faoliyatlarida turli analizatorlardan keng foydalanish.
9. Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart-
sharoitlardan biri ekanligini bilish.
10. Har bir bolaning tarqatma material bilan ishlashi har bir ta`lim 
faoliyatlarining asosiy sharti ekanligini bilishi kerak.
Matematikadan ta`lim faoliyati haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi 
kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin