132
talablar.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi Qonuni talablari asosida
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning
asosiy maqsadi yosh
avlod istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida
tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy,
aqliy va
ma’naviy jihatdan rivojlantirishda, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va
imkoniyatlarini
hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
muntazam ta’lim olishga, maktabga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlantirish va
maktabga tayyorlash jarayoni, oldiga qo‘yilgan maqsad
va vazifalarining bajarilishi ushbu maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga
qo‘yiladigan davlat talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-
tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda
ularning maktabga tayyorlik
darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati
sifatida e`tirof etiladi. Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va
jamiyatning
ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan
sog‘lomligi, qobiliyati,
ehtiyoji va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining
ustuvorligidan kelib chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga
qo‘yiladigan davlat talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat
ko‘rsatayoggan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘lishidan qatiy nazar barcha ta’lim
muassasalari uchun majburiydir.
Dostları ilə paylaş: