163
Bilim
– shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar
majmui.
Bilish
- obyektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni.
Boshlang‘ich ta’lim
- o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni
berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma
hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog‘lom
turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
Dasturlashtirilgan
ta’lim
berish
(Programmed
learning)
–
dasturlashtirilgan ta’lim berish asosini, tartibga keltirilgan topshiriqlarni namoyon
qiluvchi, o‘rgatuvi dastur tashkil etadi. U butun o‘qitish jarayonini boshqaradi.
Dramalashtirilgan masalalar –
bu bolalarning kuzatgan, ko‘pincha o‘zlari
bevosita bajargan harakatlarini aks ettiradigan jarayon.
Davlat ta’lim standarti
- 1) ta’lim olish shaklidan qat’iynazar, bitiruvchilar
erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o‘quv fani
bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim
dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv
ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga
qo‘yiluvchi talablar.
Dars
– bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik
- muayyan fan bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi
manba.
Dostları ilə paylaş: