O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

“Bumerang” texnologiyasi
– o‘quvchini mashg‘ulot va mashg‘ulotdan 
tashqari jarayonlarda turli o‘ quv adabiyotlari, muammoli tajriba bajarish mazmuni 
bilan tanishtirish, fikrni erkin bayon etish hamda muayyan tajribani bajarish 
davomida uni baholashga qaratilgan texnologiya. 


163 
Bilim 
– shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar 
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar 
majmui. 
Bilish 
- obyektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni 
o‘zlashtirish jarayoni. 
Boshlang‘ich ta’lim 
- o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni 
berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma 
hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog‘lom 
turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi. 
Dasturlashtirilgan 
ta’lim 
berish 
(Programmed 
learning) 
– 
dasturlashtirilgan ta’lim berish asosini, tartibga keltirilgan topshiriqlarni namoyon 
qiluvchi, o‘rgatuvi dastur tashkil etadi. U butun o‘qitish jarayonini boshqaradi.
 
Dramalashtirilgan masalalar – 
bu bolalarning kuzatgan, ko‘pincha o‘zlari 
bevosita bajargan harakatlarini aks ettiradigan jarayon.
Davlat ta’lim standarti 
- 1) ta’lim olish shaklidan qat’iynazar, bitiruvchilar 
erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o‘quv fani 
bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim 
dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv 
ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga 
qo‘yiluvchi talablar. 
Dars 
– bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan 
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli. 
Darslik
- muayyan fan bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik 
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi 
manba. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin