171
Tarbiya
jarayoni
– o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan
samarali hamkorlik jarayoni.
Ta’lim jarayoni
– o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida
tashkil etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim muassasasi Ustavi
- ta’lim muassasasiga
rahbarlik mohiyatini
yorituvchi hamda uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat.
Ta’lim konsepsiyalari (lotin tilidan «conceptio» – tizim)
– ta’lim-tarbiya
mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; uzluksiz ta’lim
tizimining
turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo‘nalishi, maqsad va vazifalarini
belgilashning alohida usuli.
Tevarak-atrof –
chamalash, mo’ljal olish, o‘zi
turgan nuqta, yon atrofdagi
obyektning o‘ng, chap, oldi, orqa, yuqori, past, yonma-yon, yaqin tomoni.
To‘plam
–
ta’riflanmaydigan tushuncha bo‘lib, misollar asosida izohlanadi,
masalan, bog‘chadagi bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoqlar to‘plami
yoki gapdagi
so‘zlar to‘plami kabi.
To‘rtburchak –
to‘rtta burchakka ega bo‘lgan va har bir tomoni o‘zaro teng
bo‘lgan geometrik shakl.
To‘g‘ri to‘rtburchak
– to‘rtta burchakka ega bo‘lgan va ikki tomoni o‘zaro
teng bo‘lgan geometrik shakl .
Dostları ilə paylaş: