173
O‘rgatish
– tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari,
odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy
ishlar.
O‘quv dasturi
– muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalar mazmuni, umumiy vaqtning mavzular o‘rganilishi bo‘yicha
taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish
darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O‘quv rejasi
- ta’lim muassasasida o‘qitiladigan o‘quv
fanlarining tartibi,
ularning o‘quv yili bo‘yicha taqsimlanishi, har bir o‘quv
faniga ajratiladigan
haftalik va yillik o‘quv soatlari,
shuningdek, o‘quv yili tuzilishini belgilovchi
me’yoriy hujjat.
O‘quv fani
- ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh,
idrok etish
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki
mutaxassislik
bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni
ta’minlovchi manba.
O‘quv qollanmasi
- 1) ma’lum o‘quv fanlari bo‘yicha metodik materiallar,
tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o‘qituvchi yoki o‘quvchilar uchun
mo‘ljallangan manba; 2) muayyan fan bo‘yicha tayyorlangan hamda metodik
jihatidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish
imkonini beruvchi
qo‘shimcha o‘quv materiallari.