172
Universitet
– kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy
va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasi.
Usul
– muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy
ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan
foydalanish.
Vaqt xususiyatlari –
bu vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u tabiat va
jamiyatning chiqishi yo‘nalishini ifodalaydi.
Vaziyat – (lotinchadagi situation -ahvol)
– muayyan vaziy at, ahvolni hosil
qiladigan shartsharoitlar va holatlar uyushmasi
Verbal ifoda
– bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki)
yetkazib berish, ifoda etish.
Zij –
yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati
jadvali va yulduzlar ro‘yxatini aks ettiruvchi jadval.
Shaxs
- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Shartli o‘lchov –
uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash.
Shkalalash
- aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Dostları ilə paylaş: