165
Hisobot –
kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
Ijod –
yaratish, yangilikni kashf etish degan
manolarini anglatadi va
insondagi shu jarayonni ifodalaydi.
Ijodkorlik (kreativlik)
–
bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z
ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish
Ilmiy
dunyoqarash
-
uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini
puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida
faol ishtirok etish
natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Illyustratsiyali masalalar –
rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan foydalanib
bajariladigan masalalar.
Individual yondashish tamoyili –
bolalarning
yosh xususiyatini,
qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib
chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish
davomida amalga
oshirilishi shart.
Ilmiy tafakkur
– inson aqliy faoliyatining
yuksak shakli sanalib, ijtimoiy
voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash
(yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) -
muayyan hodisa, jarayonning
mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan
fikr, g‘oya.
Individ –
(lotincha «individium» bo‘linmas, yagona,
alohida degan
ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta
oluvchi biologik mavjudot.
Dostları ilə paylaş: