Afzallik va kamchiliklari Elektromobillar boshqa transport vositalariga qaraganda kamxarjligi bilan
ajralib turadi. Masalan, Ford Ranger elektromobili bir kilometr masofa uchun 0,25
kVt-soat energiya sarflasa, Toyota RAV4 EV uchun 0,19 kVt-soat kifoya qiladi.
Bugungi kunda elektrodvigatellarning foydali ish koeffitsienti 88-95 foizni
tashkil etmoqda. Ichki yonuv dvigatellaridan esa bu ko’rsatkich 22-42 foizni
tashkil etadi xolos. Elektromobillarning yana bir afzalligi shundaki, ular kam
miqdorda shovqin taraladi. Biroq ko’pchilik tomonidan elektromobillarning
shovqinsiz harakatlanishi piyodalar uchun sezilarsiz bo’lgani tufayli yo’l-transport
hodisalariga sabab bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. SHu bois ham ayrim
ishlab chiqaruvchilar elektromobillarga tezlik soatiga 30 kilometrdan oshgandan
so’ng sun’iy ravishda shovqin chiqarish moslamalarini o’rnatmoqda.
Elektromobillarnin yana bir ustun tomoni shundaki, ularda atrof-muhitni
ifloslantiruvchi neftь mahsulotlari, motor moylari va ular uchun zarur bo’lgan
filьtrlar, antifriz talab etilmaydi. SHuningdek, texnik ko’rikdan o’tkazishning
soddaligi, yo’l-transport hodisalari vaqtida yong’in va portlash xavfining past
ekani ham ta’kidlanmoqda. Elektromobillarning odatiy elektr tarmoqlari orqali
quvvatlash mukin, biroq bu maxsus yuqori quvvatli uskunalarga qaraganda
ko’proq vaqtni oladi.
Elektromobillarga oid eng katta muammo esa ularning akkumulyatorlari
bilan bog’liq bo’lib qolmoqda. Asosan ularni ishlab chiqarish va utilizatsiya qilish
muammosi hozircha ijobiy yechim topgani yo’q. Sababi bunday
akkumulyatorlarda atrof-muhit uchun zararli bo’lgan kimyoviy moddalar,
jumladan, qo’rg’oshin, litiy va turli kislotalar qo’llaniladi.
Elektromobillarning keng ko’lamda ishlab chiqarish uchun ularni quvvatlovchi
tuzilmalarni yaratish muammosini ham o’z yechimini kutmoqda. Ommaviy tarzda
elektromobillarning uy sharoitida quvvatlanishi esa elektr energiyasi ta’minoti
tizimlarida zo’riqish va uzilishlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas.
SHuningdek, quvvatlash jarayoni ko’proq vaqtni talab etishi bor gap.
Ko’pchilik elektromobillar bir martalik quvvat bilan kam masofani bosib
o’tadi. Quvvati 24 kVt-soat bo’lgan batareyalar uzog’i bilan 160 kilometr masofani
bosib o’tishi mumkin. Konditsioner va isitish tizimlari, elektromobillardan o’rin
olgan yo’lovchilar soni va yuk hajmi, avtomobil tezligining 90-100 kilometrga
ko’tarilishi ushbu masofani 2 barobargacha qisqartirmoqda.
SHuningdek, elektromobillardan qo’llaniluvchi litiyli akkumulyatorlar
tannarxi baland bo’lsa, qo’rg’oshinli akkumulyatorlar hajmi kattaligi va og’ir vazni
bilan muammoligicha qolmoqda.