I. Ishning maqsadi: 1.1.Avtomobillarning yaratilishi, ularning rivojlanish bosqichlari, umumiy
tuzilishi va texnik ko’rsatkichlari bilan tanishish;
1.2.Avtomobil va dvigatelning umumiy tuzilishini o’rganish. Dvigatellarning ish
faoliyatini ko’rsatadigan ko’rsatkichlar bilan tanishish.
II. Ishning mazmuni: 2.1
Avtomobillarning turlarini o’rganish;
2.2
Avtomobilning umumiy ko’rinishi va avtomobil qismlarining joylashishi
bilan tanishish;
2.3
Dvigatellarni turlari bilan tanishish;
2.4
Dvigatelni ish jarayonlari va asosiy ko’rsatkichlarini o’rganish.
III. Jixoz va tavsiya etilgan qo’llanma va ko’rsatmalar: 3.1
Tiko, Damas, Neksiya, VAZ-2106, GAZ-24, ZIL-130, KamAZ-5320
avtomobillari;
3.2 Bir va to’rt silindrli hamda V-simon sakkiz silindrli dvigatellarning
maketlari;
3.3 Neksiya, Damas, Tiko, GAZ-24, ZIL-130, KamAZ-5320 avtomobil
dvigatellari;
3.4 Karbyuratorli va dizel dvigatellarni umumiy tuzilishi xaqidagi rangli
plakatlar komplekti (bo’ylama va ko’ndalang qirqimli dvigatellar);
3.5 Adabiyot: X.M.Mamatov «Avtomobillar», I-kitob, T. 1995 y.
IV. Ishning bajarish tartibi: 4.1
Quyidagilarni o’qib, to’la o’zlashtirish lozim:
· Avtomobillarni qisqacha yaratilish tarixi va avtomobilsozlik sanoatlari bilan
tanishish;
· Avtomobillarning turlarini o’rganish va ularning asosiy rusumlari bilan
tanishish;
· Avtomobilning umumiy tuzilishi va asosiy qismlarining vazifalari bilan
tanishish;
· ichki yonuv dvigatellarni vazifalari, turlari va qo’llanishi bilan tanishish;
· bir tsilindrli dvigatelni tuzilishi bilan tanishish;
· dvigatelni mexanizm va tizimlari bilan tanishish;
· karbyuratorli va dizel dvigatellarning ish jarayonlari bilan tanishish;
· ikki va to’rt taktli dvigatellarni ishchi tsikllari bilan tanishish;
· dvigatel silindrlariga tartib nomeri qo’yish;
· dvigatel silindrlarida porshenlarni ishlash tartibi bilan tanishish;
· ko’p silindrli dvigatelni tuzilishini o’rganish.