200
10.1-rasm, Avtomobilning iqtisodiy tavsifi.
Grafikdan ko’rinib turibdiki, har bir yo’l sharoiti
uchun shunday nuqta
mavjudki, bir nuqtada yonilg’i sarfi eng kichik miqdorga ega. Eng kichik yonilg’i
miqdorini ko’rsatuvchi bu nuqtalar rasmda 1,2,3..6 orqali ifodalangan. SHu
nuqtalarning chap tomonida ham, o’ng tomonida ham yonilg’i miqdori ko’p.
CHap tomonida dvigatelning quvvatidan to’la
foydalanilmaslik natijasida
yonilg’i sarfi ortsa, o’ng tomonda yo’l qarshiligning ortishi hisobiga yonilg’i sarfi
ortadi.
Har bir yo’l sharoiti uchun avtomobilning eng katta tezligi a-a chiziqdagi
nuqtalarga to’g’ri keluvchi tezliklar hisoblanadi.
Demak, yo’l sharoitining og’ir bo’lishi avtomobilning eng katta
tezligini
kamaytiradi. Dvigatelning ta’minlash tizimini, yondirish tizimini va gaz taqsimlash
mexanizmini noto’g’ri sozlanishi natijasida yonilg’i sarfi ortib ketadi.
Ekonomayzerning nosozligi yonilg’i sarfini 10-15 foizga,
olti tsilindrli dvigatelda
bitta yondirish svechasini nosozligi yonilg’i sarfini 20-25 foizga, ikkita svecha
nosoz bo’lsa 50-60 foizga ko’tariladi. ¨ndirish tizimini noto’g’ri o’rnatilishi
natijasida yonilg’i sarfi 80 foizga ko’tariladi.
Asosiy uzatmaning shesternyalari va podshipniklari noto’g’ri sozlanishi,
tormoz va rul boshqarmalarining noto’g’ri sozalnishi, oldingi g’ildiraklarning
noto’g’ri o’rnatilishida qo’shimcha qarshiliklarni yuzaga kelishi natijasida yonilg’i
sarfi oshib ketadi.
Tirkamalardan foydalanilganda yonilg’i tejamkorligi 15-20 foizga
ko’tariladi.
Yonilg’i sarfiga haydovchining mahorati katta ta’sir ko’rsatadi. Uzatma va
tezlikni noto’g’ri tanlash yonilg’i sarfining ortishiga sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, tez-tez to’xtashlar va tormozlanishlar ham yonilqi sarfiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. CHunki, avtomobilda yig’ilgan kinetik
energiya foydasiz
sarf bo’ladi va tezlikni qayta tiklash uchun qo’shimcha yonilg’i sarflashga to’g’ri
keladi.
Nazorat savollari.
1. Yonilg’i tejamkorlik o’lchamlariga qanday ko’rsatkichlar kiradi?