Talabaning fanni o’zlashtirish darajasi (bilim,
ko’nikma va malaka darajasi)
Ballar
A
Xulosa va qarorlar qabul qilish
Ijodiy fikrlay olish
Mustaqil mushoxada yurita olish
Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish
Mohiyatini tushuntirish
Bilish, aytib berish
Tasavurga ega bo’lish
86-100 ball
B
Mustaqil mushoxada yurita olish
Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish
Mohiyatini tushuntirish
Bilish, aytib berish
Tasavurga ega bo’lish
71-85 ball
V
Mohiyatini tushuntirish
Bilish, aytib berish
Tasavurga ega bo’lish
55-70 ball
G
Aniq tasavurga ega bo’lmaslik
bilmaslik
0-55 ball
NAZARIY MASHG’ULOTLARNING MAZMUNI.
1- mavzu. Kirish.
Fanning maqsad va vazifalari. Avtomobil sanoatining taraqqiy etish tarixi.
Avtomobil transportining Respublika ijtimoiy-iqtisodiyoti rivojidagi axamiyati.
«Avtomobil» so’zi grekcha «autos»-o’zi va lotincha «mobilis»-
harakatlanuvchi so’zlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lib «O’zi- harakatlanuvchi»
degan ma’noni bildiradi.
1996 yilga kelib Andijon viloyatining Asaka shaxrida «O’zDEU avto»
avtomobil zavodi to’liq ishga tushirildi. Yiliga 200 mingga yaqin juda oz yonilg’i
sarf etadigan ikki turdagi kichik va o’rta, kichik litrajli Tiko va Neksiya rusumli
yengil avtomobillar hamda Damas rusumli kichik mikroavtobus ishlab chiqarila
boshlandi.
Avtomobillar vazifasiga ko’ra yengil, yuk, yo’lovchi maxsus (yong’in
o’chiruvchi, sanitariya, avtokran, benzin tashuvchi, suv sepuvchi, qurilish
mashinalari va hokazo) ixtisoslashtirilgan (tortqich, un, tsement, beton
aralashtirgich, qurilish uchun ferma, uzun trubalarni tashuvchi traktor va
ekskovatorlarni tashuvchi) avtomobillarga bo’linadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
Dostları ilə paylaş: |