tasodifiy hol emas. Me’yorlar jamiyat qadriyatlarini himoya qilish maqsadida yaratilgan bo‘lsa, sanksiyalar ijtimoiy me’yorlar tizimini himoya qilish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Me’yor sanksiya yordamida himoya qilinmasa, unga odamlar amal qilmay qo‘yadi. Sanksiyalar moddiy va ma’naviy boTishi mumkin. Moddiy sanksiyalar vazifasini jarima, mol- mulkni musodara qilish kabilar bajaradi. Ma’naviy sanksiyalar esa tanqidiy fikr, xayfsan, kesatiq, piching, izza qilish kabi shakllarda boTishi mumkin. Fuqarolik jamiyati institutlari ma’muriy va huquqiy sanksiyalarni qoTlash vakolatiga ega emas. Ular faqat ma’naviy sanksiyalarni qoTlashi mumkin. Lekin o‘rinli va to‘g‘ri qoTlangan ma’naviy sanksiyalarning kuchi huquqiy sanksiyalar kuchidan kam boTmasligi mumkin.
YUqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, me’yorlar va sanksiyalar bir butunlikni tashkil qiladi. Birorta me’yor tegishli sanksiyalarga ega bo‘lmasa, u odamlar va ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bunday me’yor shior, chaqiriq bo‘lishi mumkin. Lekin, u jamoatchilik nazoratining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi. Alohida shaxs yoki ijtimoiy guruh ijtimoiy me’yorlarga bo‘yinsunishni istamasa yoki ularni chetlab o‘tishga harakat qilsa, jamiyat majburlash choralarini qo‘llaydi. Hozirgi jamiyatlarda majburlash orqali nazorat qilishning qat’iy ishlab chiqilgan qoida va tizimlari mavjud. Mazkur tizimlar me’yorlardan og‘ishning tiplari va darajasiga ko‘ra, mutanosib ravishda qo‘llanadigan sanksiyalar yig‘indisidan iborat. 3. Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok