- mazkur muammoni hal qilishdan manfaatdor boTgan tomonlarni aniqlash; - manfaatdor tomonlarning mazkur muammo bo‘yicha mavqeini qayd qilish va barcha tomonlar uchun maqbul boTadigan qaror variantini ishlab chiqish. Jamoatchilik tinglovi ishtirok etayotgan barcha tomonlarning o‘z fikr va dalillarini bayon qilishini ko‘zda tutadi. Bunda ular muhokama qilinayotgan masalaga aloqador boTgan hujjatlar bilan tanishib chiqadi. Jamoatchilik tinglovining ishtirokchilari quyidagilar boTishi mumkin: - mazkur muammoni kun tartibiga qo‘yishda tashabbus ko‘rsatgan tomon (investor, tayyorlangan loyiha mualliflari); - mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ma’muriyat, davlat nazorat idoralarining vakillari; - muhokama qilinayotgan masaladan manfaatdor boTgan jamoatchilik, shu jumladan, jamoat tashkilotlarining vakillari. Jamoatchilik tinglovini tashkil etish va o‘tkazishga mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalarining vakillari jalb etilishi lozim. Jamoatchilik tinglovining ob’ekti jamiyatda vujudga kelgan muammoni hal qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha boTishi mumkin. Mabodo, loyiha tarkibida yopiq
ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, loyiha mualliflari jamoat tinglovi uchun alohida ma’ruza tayyorlashadi. SHu bilan birga, muammoni hal qilish bo‘yicha tayyorlangan hujjatning qisqacha mazmuni ko‘pchilik uchun tushunarli boTgan sodda tilda tayyorlangan boTishi zarur. Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri tuman va shaharlarda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, xususan hokimlarning hudud aholisi oldida