eksperiment o‘tkazildi. Ana shu eksperiment boshlanishida ma’lum qilinganidek, Buxoro va Samarqand viloyatlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 2013 yilning may-noyabr oylarida qonun loyihasi talablariga mos keladigan yangi rejimda faoliyat yuritdi. Masalan, yangi talablarga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi belgilandi. OAVning eksperiment sub’ektlari faoliyati, mansabdor shaxslar bilan intervyu tashkil qilish haqidagi so‘rovlarini esa, etti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqish belgilandi. Qonunning aprobatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan eksperiment to‘g‘risida keng jamoatchilik va jamoat tashkilotlarini xabardor qilish maqsadida, 2013 yilning may-iyul oylarida Buxoro va Samarqand viloyatlarida fuqarolar bilan 120dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi. SHuningdek, mazkur eksperimentning o‘tkazilish tartibi va qoidalari bo‘yicha boshqa viloyatlar hokimiyatlari hamda boshqa davlat hokimiyat organlari xodimlari uchun yo‘riqnoma tashkil qilindi. Eksperiment o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyasi a’zolarining so’zlariga ko‘ra, eksperiment boshlangandan keyingi dastlabki oylardayoq mazkur viloyatlarda fuqarolarning siyosiy va axborot olishga nisbatan faolligi keskin o‘sdi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilning 2-choragida 1- chorakka nisbatan fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yozma va og‘zaki murojaatlari ikki baravar oshdi va Samarqand viloyatida 1514, Buxoro viloyatida 1230 tani tashkil qildi. .
4. Jamoatchilik nazoratining shakllari Fuqarolik jamiyati shakllanishida fuqarolik jamiyati barcha institutlarining o‘zaro aloqadorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat