O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik qurilish instituti


faoliyati, ijtimoiy institut va jarayonlar, konsepsiyalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lishi mumkin



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix31.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#60241
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Seminar 12-mavzu uslubiy korsatma

faoliyati, ijtimoiy institut va jarayonlar, konsepsiyalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘lishi mumkin. 
Jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish lozim bo‘lgan ob’ektlarning barchasini sanab o‘tish juda ko‘p 
vaqt talab qiladi. Umumlashtirib aytganda, jamoatchilik ekspertizasining ob’ekti davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari faoliyatining qonunlarga mosligi yoki mos emasligidan tashqari, ijtimoiy
siyosiy ahamiyatga molik barcha faoliyat va jarayonlar bo‘lishi mumkin. Lekin jahondagi 
mamlakatlar o‘z taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ehtiyojlaridan kelib chiqib jamoatchilik 
nazoratining turli qirralari yoki ob’ektlariga oid qonunlar qabul qilishi mumkin. Jamiyat, ijtimoiy 
guruh yoki alohida shaxslar hayoti va faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan 
har qanday hujjat va qarorlar ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lgan qarorlar 
quyidagi hollarda ekspertizadan o‘tkazilishi tavsiya etiladi: 
- qabul qilingan yoki qilinayotgan qarorlarning aholi hayot faoliyatiga va turmush darajasiga 
o‘tkazadigan ta’siri miqyosini aniqlash zarur bo‘lganda; 
- qabul qilingan qarorni amalga oshirishning oqibatlari turli ijtimoiy guruhlar, turli hududlar 
hayotida vujudga keltiradigan oqibatlari qay darajada turli-tuman bo‘lishi mumkinligini aniqlash 
zarur bo‘lganda; 
- qabul qilingan qaror va hujjatlar to‘g‘risida turli-tuman, bir-biriga zid fikrlar mavjud 
bo‘lganda; 
- qabul qilingan yoki tayyorlangan qaror etarli asoslanmaganda. Uning ijobiy va salbiy 
oqibatlari qanday bo‘lishi aniq bo‘lmaganda; 
- qaror qabul qilayotgan organ mazkur qarorning oqibatlarini bashorat qilishga ehtiyoj 
sezganda; 
- bir-biriga zid bo‘lgan qaror variantlari mavjud bo‘lganda. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin