darajasi baholanadi. Jamoatchilik monitoringidan o‘tkazishning tashkiliy shakli tashabbuskor tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Loyihada jamoatchilik monitoringini tashkil qilishning asosiy bosqichlari ifodalangan bo‘ladi: tayyorgarlik ko‘rish bosqichi, jamoatchilik monitoringi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish bosqichi, yakunlovchi bosqich. Jamoatchilik muhokamasi. Jamoatchilik muhokamasi ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qaror, buyruq va farmoyishlari, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa hujjat va materiallarni tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi ularga o‘zgarishlar kiritish, yoki ularni yangi tahrirda qabul qilish zarur bo‘lgan hollarda jamoatchilik fikri hisobga olinishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qabul qilinadigan qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish odat tusiga kirdi. Milliy ong va milliy ma’naviyatning tiklanishi va rivojlanishi natijasida qonunlardan tashqari, ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan boshqa hodisalarni muhokama qilish ham ijtimoiy amaliyotda mustahkam o‘rin egallay boshladi. Oliy Majlis fuqarolarning vakillik organi sifatida mamlakat hayotida muhim rol o‘ynaydi. SHunday bo‘lsa ham, Qonunchilik Palatasi hamda Senat a’zolari qonunlarning sifatli bo‘lishi hamdaijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini egallashini ta’minlash uchun, ularning loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishga ehtiyoj sezadilar. Bundan tashqari, qonunlar legitimlikka ega bo‘lishi uchun, keng xalq ommasini ularning muhokamasiga jalb qilish zarur bo‘ladi.