O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik qurilish instituti


ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix31.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#60241
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Seminar 12-mavzu uslubiy korsatma

ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini 
shakllantiradi. 
O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat organlari 
barcha sohalaridagi faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan 
biriga aylantiradi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash, ijroiya hokimiyati organlari tomonidan 
tayyorlanayotgan 
ijtimoiy 
ahamiyatga 
molik 
qarorlarni 
jamoatchilik 
ekspertizasidan 
o‘tkazish,ijroiya hokimiyati organlari qoshida jamoatchilik kengashlarini tuzish, davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish bilan bog‘liq. 
Jamoatchilik nazoratining hokimiyat vakolatlariga ega emasligi, uning etarli ta’sir kuchiga ega 
emasligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin. Aslida, unday emas. 
Jamoatchilik nazorati jarayonida aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat 
organlariga yoki jamoatchilik fikriga murojaat etish orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat 
jamoatchilik nazorati sub’ektlari nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy mexanizmlardan 
foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan 
foydalanadi. 
Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy 
munosabatda bo‘lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo‘llab- quvvatlashda 
ham namoyon bo‘ladi. 
Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat 
hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir. SHuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin