hokimiyati organlarining aholi oldidagi barcha majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. Mamlakatni modernizatsiyalash, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilayotgan hozirgi sharoitdajamoatchilik nazoratining roli beqiyos darajada ortadi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mamlakatda qonunchilikni ta’minlashning kafolati vazifasini bajaradi. Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati turli ko‘rinish, shakl va usullar yordamida o‘tkaziladi. Jamoatchilik nazorati turlari va shakllarini to‘la va chuqur anglash uchun quyidagi holat va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilish lozim: - davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tushunchasining mazmun va mohiyatini tahlil qilish: - jamoatchilik nazoratini tartibga solib turuvchi hujjatlarni tahlil qilish: - fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazorati olib borishdagi amaliy faoliyatlarini tahlil qilish. Jamoatchilik nazorati muayyan shakllarda olib boriladi. Jamoatchilik nazorati shakllari xilma xil bo‘lib ularning asosiylari quyidagilar: - jamoatchilik ekspertizasi; - jamoatchilik monitoringi; - jamoatchilik tinglovi; - jamoatchilik surishtiruvi; - jamoatchilik muhokamasi; - jamoatchilik kuzatuvi. Jamoatchilik nazoratining hozirgi sharoitda bizning mamlakatimizda. eng ko‘p qoTlanayotgan shakllaridan biri jamoatchilik tinglovidir. Mazkur shakl ijtimoiy ahamiyatga molik boTgan u yoki bu muammoni hal qilishda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini o‘zaro kelishtirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik tinglovi quyidagi maqsadlarni ko‘zlab o‘tkaziladi: - ijtimoiy ahamiyatga molik boTgan muammolarni aniqlash va muhokama qilish;