Jamoatchilik ekspertizasi. “Ekspertiza” tushunchasi muayyan masalani mutaxassislar tomonidan o‘rganish va u haqda xulosalar berishni anglatadi. Ijtimoiy sohada shunday masala va muammolar mavjudki, ularni o‘rganish va tadqiq qilish muayyan qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Bu qiyinchiliklar o‘rganilayotgan masala va muammoning murakkabligi tufayli vujudga keladi. SHuning uchun ham, jamiyatda ekspertiza qilishga katta ehtiyoj mavjud. Ekspertiza qilish, ko‘pincha, biror bir hujjat, loyiha, bajarilgan ish natijalari haqida xulosa berishni anglatadi. Ijtimoiy ekspertiza mutaxassis (ekspert)lar tomonidan ob’ektning holatini tashxislash, uning haqidagi axborot to‘g‘riligi va ishonchliligini aniqlash, uning keyingi tadrijini, shuningdek, boshqa ob’ektlarga ta’sirini prognozlash hamda qaror qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqishni qamrab oladigan tadqiqotdir. Ekspertiza, jumladan, jamoatchilik ekspertizasi to‘rt funksiyani bajaradi: 1. Diagnostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning holatini aniqlashni ifodalaydi. 2. Axborot-nazorat funksiyasi. Mazkur funksiya ob’ekt va uning atrofidagi muhit haqidagi axborotni o‘rganish, uning to‘g‘riligiva ishonchliligini aniqlash. Agar axborotda noaniqlik va noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa, ularga tegishli tuzatishlar kiritishni bildiradi.
3. Prognostik funksiya. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolda qanday holatga o‘tish ehtimolini aniqlashni bildiradi. 4. Loyihalash funksiyasi. Mazkur funksiya o‘rganilayotgan ob’ektni ekspertiza qilish natijalariniijtimoiy loyihalash va qarorlar qabul qilishda qo‘llashni nazarda tutadi. Jamoatchilik ekspertizasining ob’ektlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining