1-AMALIY MASHG`ULOT KIRISH. TIL IJTIMOIY, DOIM O'ZGARIB, RIVOJLANIB TURUVCHI HODISA EKANLIGI YUZASIDAN SAVOL-JAVOB O’TKAZISH, MASHQLAR, TEST TOPSHIRIQLARI BAJARISH VA LISONIY TAHLIL QOLIPLARINI TO’LDIRISH. REJA: 1.Tashkiliy qism.
2. Mavzuga oid talabalar bilimini savol-javob va mashqlar orqali tekshirish va mustahkamlash.
3. Test topshiriqlari asosida talabalar bilimini aniqlash va mustahkamlash.
4. LTQ texnologiyasi orqali talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
5. Mashg`ulotni yakunlash.
1-ilova Takrorlash uchun savollar: Tilshunoslik fani nimalarni o‘rganadi?
Tilshunoslik fanining qanday turlari bor va ular o‘zaro qanday farqlanadi?
Nima uchun til ijtimoiy hodisa sanaladi?
Kembridj universiteti professori Jorj Yul tilning paydo bo`lishi bilan bog‘liq qaysi manbalarni ajratib ko‘rsatgan?
“Jamiyatsiz til, tilsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas”, degan fikrni qanday izohlaysiz?
Tilning tarkibiy qismlari deganda nimalar nazarda tutiladi?
Tilda yuz beradigan o‘zgarishlar birinchi navbatda uning qaysi bo‘limida (sathida) yuz beradi va nima uchun?
Keyingi paytlarda o‘zbek tili sathlarida (leksika, fonetika, grammatikasida) qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
Milliy til nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Shevalar adabiy tildan qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanadi?
O‘zbek tilida qanday lahjalar mavjud va ular qanday belgilarga ega?
Tilshunoslikda tillarning qanday tasniflari mavjud?
Tillarning geneologik tasniflanishiga ko‘ra yer yuzida qanday til oilalari bor?
Oltoy tillar oilasi va turkiy tillar guruhi haqida nimalarni bilasiz?
Morfologik tasnif bo‘yicha bo‘lingan amorf va agglyutinativ tillar guruhlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Flektiv va polisintetik tillar haqida nimalarni bilasiz?