19. Ki hisob ichra bor edi o‘n lak, Har laki o‘n tuman kelib beshak. (Navoiy)Navoiyning misralarida qo‘llangan bir lak nechaga teng? A) yuz B) ming C) o‘n ming D) yuz ming 20. Qaysi qatordagi sonlarga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, o‘zakda o‘zgarish ro‘y beradi? A) to‘rt, besh B) sakkiz, o‘n C) olti, uch D) ikki, yetti. 21. Jamlovchi son qaysi qatorda? A) So‘rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. B) Saida uyiga kech soat o‘n birlarda qaytdi. C) Shunday qilib, to‘rtala nomzod ham ro‘yxatda qoldi.D) Patnisda to‘rtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh oq uzum bor edi. 22. Quyidagi gaplarning qaysi birida bir soni noaniqlikni ifodalayapti? A) Birdan mehmon kelib qolsa bo‘ladimi? B) Endi sizlar uchun bir juft qo‘shiq eshittiramiz. C) Eshonning bir talay qora- mollari, qo‘ylari bor edi. D) Maktab hovlisida sizni bir kishi chaqiryapti. 23. -ala qo‘shimchasi qaysi sonlarga qo‘shilib kelishi mumkin? A) yetti, to‘qqiz, o‘ttiz B) o‘n besh, qirq, ellik C) besh, olti, o‘n D) bir, sakkiz, uch 24. Qaysi hukm noto‘g‘ri? A) bir so‘zi kuchaytirish ma’nosini ifodalaganda juda so‘ziga sinonim bo‘ladi B) bir so‘zi noaniqlik ma’nosini ifodalaganda qandaydir so‘ziga sinonim bo‘ladi C) bir so‘zi chegarakash ma’nosini ifodalaganda faqat so‘ziga sinonim bo‘ladi D) bir so‘zi ketma-ketlik ma’nosini ifodalaganda dam-badam so‘ziga sinonim bo‘ladi 25. Ma’nosi sifat turkumiga yaqinlashgan son qaysi javobda berilgan? A) Osmonda quyosh bilan bulutlarning o'yini tabiiy bir hoi bo'lgandek, bu ikki mayjudotning yerdagi o'yini ham tabiiy bir narsadir. B) Odamning dili bilan tili bir bo‘lsin. C) Bu yil Sirdaryo viloyati topshirgan paxtaning hammasi birinchi navga qabul qilindi. (gazetadan )D) Unsin bir do‘ppini akasining boshiga kiygizib, ikkinchisini O‘rozga tutdi. (O.)