Professor-oʻqituvchilar: Hamrayev Madrim Abdraimovich, Tursunqulova Maxfuza Tölqin qizi Ish joyi: Toshkent davlat pedagogika universiteti Bogʻlanish uchun telefon nomeri: (+99890) 998-19-56 E-mail: m.a.hamrayev@gmail.com, makpuja3005@gmail.com Prerekvizitlar: Mazkur fanni oʻzlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni oʻzlashtirgan boʻlishlari shart: Maktab uchun tayyorlangan 5-6-7-8-9-10-11-sinf “Ona tili”, AL va KHK uchun “Ona tili va adabiyot”
Postrekvizitlar: Ushbu fan quyidagi modullar boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallashga xizmat qiladi: “Ona tili oʻqitish metodikasi”, “Oʻzbek tilining sohada qoʻllanishi”.
Fanni oʻrganishning zaruriyati. Keyingi yillarda mamlakatimiz Prezidenti, Respublika hukumati ona tilimiz mavqeini tiklash borasida farmonlar va qarorlar qabul qilishdi, chunki til millatning ruhini aks ettirishi ayni haqiqat. “Ona tili” fani boshlangʻich ta’lim, defektologiya, maktabgacha ta’lim bakalavriat yoʻnalishlari oʻquv rejasida keltirilgan keyingi barcha fan va modullar uchun fundamental asos vazifasini oʻtab, zarurat yuzasidan birlamchi modul hisoblanadi.
Fanning maqsadi – boʻlajak boshlangʻich sinf, maxsus ta’lim oʻqituvchilariga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga ona tilining barcha boʻlimlari boʻyicha chuqur ma’lumot berishdan iborat.
Fanning vazifalari – talabalarda ona tilining barcha sohalari uchun umumiy boʻlgan nazariyalari, qonunlari, qoidalari toʻgʻrisida birlamchi ilmiy qarashni shakllantirish.
Fanni oʻqish natijasida: - ona tili fanining barcha sohalari boʻyicha umumiy fundamental bilimlarni shakllantirishga;
- ona tili fanining umumiy qonuniyatlarini amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini rivojlantirishga;
- ona tili fanining navbatdagi sohalari bilimlarini oʻganishlariga zamin yaratishga;
- ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni saralash, oʻz-oʻzini baholash orqali talabalarni mustaqil oʻqish faoliyati shakllantiriladi.