1-MA’RUZA
KIRISH. TIL IJTIMOIY, DOIM O'ZGARIB, RIVOJLANIB TURUVCHI HODISADIR
Reja:
Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma'lumot.
Tilning ijtimoiy mohiyati, tuzilishi.
Tilning paydo bo’lishi, taraqqiyoti.
Manbalardan ma’lumki, hozirgi zamon fanlarini quyidagi yirik guruhlarga ajratish mumkin:
1. Tabiiy fanlar.
2. Texnika fanlari.
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.
4.
Matematika fanlari1.
Tilshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga mansub bo‘lib, inson tili, ya’ni so‘zlashuv quroli uning o‘rganish obyektidir. “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da bu fanga shunday ta’rif beriladi: “Tilshunoslik til haqidagi,
uning ijtimoiy tabiati,, vazifasi, ichki tuzilishi,
tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”
2.
Tilshunoslik fani yuqoridagi guruh fanlarning ko‘pchiligi bilan aloqadordir.
Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Har qanday til tovush tilidir, chunki nutq tovushlarning muayyan ketma-ketligidan iborat bo‘lgan so‘zlardan tashkil topadi. Nutq tovushlari esa
fizika fanining akustika bo‘limida ham o‘rganiladi. Nutq faoliyati insonning markaziy asab tizimi yordamida boshqariladi, demak, tilshunoslik fani
fiziologiya fani bilan aloqada bo‘lishi lozim.
Kimyo fanida
valentlik degan tushuncha mavjud. Bu molekula tarkibidagi atomning boshqa atom bilan bog‘lanish xususiyatidir. Xuddi shu xususiyat tildagi so‘zlarda ham mavjuddir. Masalan,
qizil, shirin, achchiq, yirik so‘zlari
olma so‘zi bilan bog‘lana oladi, lekin
yupqa, aqlli, a’lochi, beg‘am, ozg‘in so‘zlari
olma so‘zi bilan bog‘lana olmaydi.
Tilshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar. Har
qanday fan falsafa bilan bog‘liq, chunki falsafa barcha fanlarning kelib chiqish manbasi sifatida tan olingan. Tilshunoslik fani, birinchidan, falsafaning bilish nazariyasi bilan bog‘langan bo‘lsa,
ikkinchidan, bu fan bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis o‘z tadqiqotlarida muayyan falsafiy yo‘nalishga tayanadi.
Ma’lumki, adabiyot so‘z san’ati sifatida tan olingan. Demak, tilshunoslikning markaziy tushunchalaridan bo‘lmish so‘z adabiyot uchun ham asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, tilshunoslik adabiyotni o‘rganadigan
adabiyotshunoslik fani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tilshunoslik
tarix fani bilan bog‘liq, chunki til tarixi shu tilning egasi bo‘lmish millat tarixining bir qismidir.
Siz ”mantiqiy fikr”, ”bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan fikr” degan gaplarni eshitgansiz. Bu esa tilshunoslik va
mantiq fanlarining o‘zaro bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Har ikkala fanni birlashtiruvchi narsa tafakkurdir. Tafakkur tilda so‘z, so‘z birikmasi va gaplar orqali namoyon bo‘lsa,
mantiqda hukm, tushuncha va xulosalar ko‘rinishida aks etadi.