O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə14/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

Geneologik tasnif

Geneologik (yun. shajara degani) tasnifda tillarning kelib chiqishi, ya’ni qarindoshligi asos qilib olinadi.


Dunyodagi tillar kеlib chiqishi, qarindoshligi, lug‘aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir nеcha til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20 dan ortiq til oilasi bor. Til oilalari bobo til nomi bilan ataladi. Til oilalari o‘z navbatida til turkumlariga bo‘linadi.
I. Hind-yеvropa oilasi. hind turkumi: hind, urdu, bеngal, panjob, gujarat va h.; eron turkumi: fors, afg‘on, osеtin, kurd, tojik va h.; slavyan turkumi: rus, ukrain, bеlorus, chеx, slovak, polyak, sеrb, makеdon, bolgar, xorvat, slovеn; boltiq turkumi: litva, latish, latgal; gеrman turkumi: dat, shvеd, norvеg, island, ingliz, golland, nеmis, yangi yahudiy tili (idish); roman turkumi: fransuz, provansal, italyan, ispan, portugal, rumin, moldovan tillari, o‘lik lotin tili; kеlt turkumi: irland, shotland, brеton, uels; anatoliy turkumi (o‘lik), tohar turkumi (o‘lik). Grеk, alban, arman tillari birorta turkumga mansub bo‘lmasdan, shu til oilasiga kiradi.
II. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi (ular so‘zlashuvchi aholi miqdori tartibida berildi). Tirik tillar: turk, o‘zbek, ozarbayjon, qozoq, uyg‘ur, qozon-tatar, turkman, chuvash, qirg‘iz, boshqird, qumiq, yoqut, qoraqalpoq, tuva, qorachoy, balqar, xakas, no‘g‘oy, qoraim, qrim-tatar, oltoy, shor, gagauz, truxman, karagas. O‘lik tillar: o‘rxun, pecheneg, qipchoq, xazar, qadimgi uyg‘ur, bulg‘or, chig‘atoy.
Mashhur turkolog olim N.A.Baskakov turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillarni uchta tarmoqqa ajratadi:19
A. G‘arbiy xun tarmog‘i:
I. Bulg‘or guruhi: 1. Tirik til: chuvash tili. 2. O‘lik tillar: bulg‘or, xazar tili.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin