12. Qorishiq undosh tovushlar berilgan qatorni toping. A) m, n, ng B) j, sh, f C) ch, j(dj) D) ng, r, l
13. X undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
A) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
B) bo‘g‘iz, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush C) chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovush D) chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
14. Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra sh hamda j undosh tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) sh – til undoshi, til oldi; j – til undoshi, til oldi B) j jarangli undoshning jarangsiz jufti sh undoshi C) A, B
D) sh – jarangsiz undosh; j – jarangli.
15. Javoblarning qaysi birida unli tovushlar ko‘rsatilgan?
A) b, f, k, p, t B) a, u, o‘, i, o, e
C) i, e, a, o, u, o‘, y D) m, n, ng, r, l
16. Qaysi tovush tilning tanglayga tegish paytida havoning ikki yondagi tirqishdan sirg‘alib chiqishidan hosil bo‘ladi?
A) y B) r C) q D) l
17. Tambur-tanbur, manba-mamba, o‘n besh-o‘mbesh, sunbul-sumbul kabi so‘zlarning talaffuzi va imlosiga tegishli bo‘lgan qanday fonetik hodisa yuz bergan?
A) tovush orttirilishi B) tovush tushishi C) tovush almashinishi D) tovush moslashishi
18. Qaysi so‘z talaffuz qilinganda, undagi ikki o‘xshash tovushdan biri noo‘xshash tovushga almashishi mumkin?
A) tuzsiz B) yigitcha C) bojxona D) zarur
19. H tovushining paydo bo‘lish o‘rni ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) labda B) til oldida C) bo‘g‘izda D) burunda
20. Urg‘u orqali so‘z ma’nolarini farqlash mumkin bo‘lgan qatorni toping.
A) yangi, yigitcha, qishloqcha B) surma, kitob, hovli C) fizik, chog‘lar, mudir D) olma, anjir, muhit
Dostları ilə paylaş: |