10. Sonning morfologik xususiyatlar noto‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) sonlar juft, dona, mеtr, siqim kabi hisob so‘zlari bilan qo‘llana oladi; B) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar sonning hamma turlariga ham qo‘shilavеrmaydi; C) boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi. D) sonlar hеch qachon bеlgi ifodalovchi so‘zlarni o‘ziga tobе qilib kеlmaydi;
11. Sonning sintaktik xususiyatlar noto‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) boshqa so‘z turkumlaridan son yasalmaydi. B) sonlar doim otlar bilan birga qo‘llanadi; C) sonlar hеch qachon bеlgi ifodalovchi so‘zlarni o‘ziga tobе qilib kеlmaydi;
D) sonlar ot oldida aniqlovchi bo‘lib kеlganda, u bilan birikib yaxlit bir bo‘lak vazifasini bajaradi.
12.Omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan sonlar qaysi javobda ko‘rsatilgan? 1) uch; 2) to‘rt; 3) besh; 4) yetti;
5) yigirma; 6) qirq; 7) ellik; 8) yuz;
A) 1, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 6, 8 D) 1,5,6, 8
13. -ov qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo‘shimchalari bilan doim birga qo‘llanadi?
A) barcha egalik qo‘shimchalari bilan B) faqat 3-shaxs birlik va ko‘plik qo‘shimchalari bilan C) 2- va 3-shaxs birlik va ko‘plik qo‘shimchalari bilan D) 2- va 3-shaxs birlik va 1-,2-,3-shaxs ko‘plik qo‘shimchalari bilan
14. Qaysi sonlarga qo‘shimcha qo‘shilganida tovush tushib qoladi?
A) ikki, yetti, olti B) sakkiz, to‘qqiz C) to‘rt, besh D) sonlarda tovush tushmaydi
15. Sonlardagi –ta qo‘shimchasi o‘rnida qo‘llanadigan so‘zlarni ko‘rsating.
A) bosh, nafar B) tup, litr C) litr, gramm D) barchasi to‘g‘
16. Sonlarning ma’noviy guruhlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qanday nomlanadi?
A) shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar C) so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar D) kelishik qo‘shimchalari
Dostları ilə paylaş: |