23. Quyidagi so‘zlardan qay biri olmosh turkumiga mansub emas? A) jami B) har C) bir D) barchasi olmosh turkumiga oid so‘zlardir 24. Olmoshlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? A) qaysi so‘z turkumi o‘rnida qo‘llansa, shu turkumning so‘rog‘iga javob bo‘ladi B) kim? nima? C) qanday? qanaqa? D) qachon? qayerda? 25. Qaysi kelishik qo‘shimchalari ayrim olmoshlarga qo‘shilganda, tovush tushishi yuz beradi? A) bosh, jo‘nalish B) tushum, o‘rin-payt C) tushum, jo‘nalish, chiqish D) qaratqich, tushum 26. Qaysi kelishik qo‘shimchalari ayrim olmoshlarga qo‘shilganda, tovush ortishi kuzatiladi? A) bosh B) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish C) jo‘nalish, o‘rin-payt D) tushum, qaratqich kelishiklari 27. Olmoshlarning xususiyatlari to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiluvchi so‘zlar B) atash ma’nosini ifodalagan so‘zlar C) Ot o‘rnida almashib keladigan so‘zlar D) barcha turkum o‘rnida almashib keladigan so‘zlar 28. Olmoshga xos bo‘lmagan xususiyat qaysi qatorda berilgan? A) otga o‘xshab turlanadi B) gap bo‘lagi vazifasida keladi C) egalik qo‘shimchasini oladi D) fe’l kabi tuslanadi 29. Olmoshlarning xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) boshqa so‘zlar, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llanadi B) so‘z yoki so‘z birikmalariga ishora qiladi C) so‘roq ma’nolarini ifodalaydi D) Barchasi to‘g‘ri.
30. “Men kitob o‘qishni juda yaxshi ko‘raman, chunki undan barcha hayotiy muammolarning yechimini topsa bo‘ladi” gapida “undan” olmoshi qaysi turkum o‘rnida kelyapti? A) ot o‘rnida B) sifat o‘rnida C) butun gap o‘rnida D) A, B.
1-VARIANT (16 - MA’RUZA: FE’L )
1.Go‘dakday uxlaydi tunda odamlar.Ushbu misoldagi fe’lning sintaktik vazifasini ko‘rsating. A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi