O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə58/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

OTNI 0 ‘RGANISH METODIKASI
,,Ot“ mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon
bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va
grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan
bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'g'ri foydalanish
va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan
mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari,
o'quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf
uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
1) ,,ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima?
so'rog'iga javob bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan)
otlarni farqlash ko'nikmasini hosil qilish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan
nomlar va geografik nomlami bosh harf bilan yozish ko'nikmasini
shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini
shakllantirish;
6) otlaming kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining
yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda
aniq, o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o'zaro
bog'liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot“ mavzusini o'rganishning
muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga
ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so'z turkumi sifatida
otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa
otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat
beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi,
kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini
o'rganishga e’tibor qaratiladi. O'quvchilaming nutqi va tafakkurini
o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal
qilinadi. Grammatik materialni o'rganish va orfografik malaka hosil
qilishning butun jarayoni o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli
nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi.
So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik
belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlaming umumiy leksik ma’nosi
shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi,
qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz,
daryo, tog‘), o'simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), tabiat
hodisalari (shamol, bo'ron, yomg'ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat
(ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash),
o'rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlaming grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi,
egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi,
gapda ko'proq ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hoi va
kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan
birika oladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning
uchun ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish
jarayonida asta shakllantira boriladi.
Otni o‘rganishda izchillik. Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi
savod o'rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o'quvchilar
shaxs-narsalarni va ularning nomi bo'lgan so'zlarni farqlashga
o'rganadilar, so'zning leksik ma’nosiga e’tibor ko'proq qaratiladi,
ma’nolarini hisobga olgan holda so'zlar (qushlar, meva va sabzavotlar,
kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko'nikmasi
shakllantiriladi. So'zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari
otlarni taqqoslash, o'xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish
ko'nikmasini o'stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani
shakllantirish uchun o'quvchilar so'zning aniq ma’nosini yetarli
bilmaydilar, so'zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning
grammatik belgilarini ham o'zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari
ustida maxsus ishlanadi (kim?'yoki nima? so'rog'iga javob bo'lishi,
shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O'quvchilar kim? so'rog'iga
javob bo'lgan otlarni nima? so'rog'iga javob bo'lgan otlardan farqlashni,
ularni so'roq berish bilan ajratishni o'rganadilar, o'quvchilarda
mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh
harf bilan yozish ko'nikmasi shakllana boradi.
2-sinfda otlaming leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz)
haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
,,Ot“ tushunchasini shakllantirish uchun shu so'z turkumiga kiradigan
otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo'lgan
belgilarni, ularning nutqimizdagi o'rnini ko'rsatish muhim ahamiyatga
ega. Shu maqsadda mavzuni o'rganishga bag'ishlangan birinchi
darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so'zlar bir tizimga solinadi,
kishilami, buyum, o'simliklar va hayvonlami, tabiat hodisalarini,
voqealami bildiradigan so'zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so'zlaming
hammasi uchun umumiy bo'lgan belgilar aniqlanadi: bu so'zlar shaxs,
narsalarni bildirib kim?yoki nima?so'rog'iga javob bo'ladi.
Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilarini sifat va boshqa
so'z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go'zallik,

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin