Og’zaki tahlil namunasi: Mevali daraxtlar gulladi. Mevali — sifat, qanday? — mevali; damxtlar oti bilan bog‘langan: mevali daraxtlar; daraxtlar ot, nimalar? daraxtlar, ko’plikda;
gulladi — fe'l, nima qildi? gulladi, bo’lishli.
4-sinfda o’rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to’ldiriladi va
quyidagi tartibda o’tkaziladi:
Ot: 1. So’z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi. 4. Egalik
qo’shimchasi, Shaxssoni. 5. Kelishigi.
Sifat:1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.
Son: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.
Olmosh: Kishilik olmoshi: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Shaxssoni. 4. Kelishigi.
Fe'l: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Bo’lishli yoki bo’lishsiz ekanligi. 4. Shaxssoni. 5.
Zamoni.
O’quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o’qituvchi bu tartibga rioya qilib so’zga
xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi.
So’z turkumiga ko’ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil mashq
sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan xilmaxil grammatik
vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni
mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi.
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o’zbek tilida so’z qanday ma'noli qismlardan
tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil 3sinfdan
boshlanadi. Bu sinfdav6'quvchilarga o’zakdosh so’zlar, o’zak o’zakdosh so’zlarning
umumiy qismi ekani, so’z yasovchi qo’shimchalar va so’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi)
qo’shimchalar haqida elementar ma‘lumot beriladi.
So’z tarkibiga ko’ra tahlil quyidagicha o’tkazilishi mumkin:
1. So’zga so’roq berish va u nimani anglatishini bilish.
2. o’zakni aniqlash. Buninguchun so’zga o’zakdosh so’zlartanlash. o’zakdosh so’zlarni
taqqoslash va umumiy qismi (o’zak)ni aniqlash.
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlash. Bu yangi so’z yasash uchun xizmat qilishini
aytish.
4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchani aniqlash. Bu so’zni boshqa so’z bilan
bog‘lash uchun xizmat qilishini aytish.
3-sinfda ,,So’zning tarkibi" mavzusi to’liq o’rganilgach, gulzor so’zini so’z tarkibiga ko’ra
og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Qaysi so’z turkumi ekanini bilaman. Gulzor so’zi nima?so„mg‘iga javob bo’ladi, narsani
bildiradi, bu — ot.
2. o’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: gulzjor, gulli, gulsiz, gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman — gul. Bu — o’zak.
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman, gulzor so’zi gul so’ziga zor so’z yasovchi
qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan.
4. Bu so’zda so’z o’zgartuvchi qo’shimcha yo’q.
So’z tarkibiga ko’ra tahlildan so’ng shunday ko’rinish hosil bo’ladi: gul zor. 4-sinfda paxtakorga so’zini so’z tarkibiga ko’ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha
bo’lishi mumkin:
1. Paxtakorgd— ot.
2. o’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism — paxta. Bu — o’zak.
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: paxtakor so’zi paxta so’ziga kor so’z yasovchi
qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan.
4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchalarni aniqlayman: ga so’z o’zgartuvchi
qo’shimcha, kelishik qo’shimchasi.
4sinfda ishladim so’zini so’z tarkibiga ko’ra og‘zaki tahlil tartibi:
1. Ishladim — fe'l.
2. O’zakni aniqlayman. o’zakdosh so’zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism ish. Ish o’zak. 3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: ishla fe'li ish so’ziga
la qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. la — fe'l yasovchi qo’shimcha.
4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchani aniqlayman:
di — o’tgan zamon qo’shimchasi, m Shaxsson qo’shimchasi, I Shaxs, birlik: ishladim. So’z tarkibiga ko’ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So’zni
morfologik tahlil qilish uning lug‘aviy ma'nosini tushunishda, morfemalarni to’g‘ri yozishda
o’quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir.
Boshlang’ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so’zni tovushharf
tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so’zda tovushlarning
tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o’rtasidagi munosabatni
aniqlash hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda tovushharf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. So’zda nechta bo’g‘in bor?
2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan karn yoki ko’p
bo’lsa, sababini aytish)
3. Unli tovush nechta? Undosh tovushchi?
4. Har bir tovushni xarakterlash. Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan?
Masalan, kitob so’zi quyidagicha tahlil qilinadi:
1. So’zda ikki bo’g‘in bor: kitob. 2. So’zda beshta tovush, beshta harf bor.
3. So’zda ikki unli towish, uch undosh tovush bor.
4. k — undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan
i — unli tovush, i harfi bilan ifodalangan
t — undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t harfi bilan ifodalangan
o — unli tovush, o harfi bilan ifodalangan.
b undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan
Tovushharf tomonidan to’liq bo’lmagan tahlildan so’zning yozilishini tushuntirishda ham,
orfoepik to’g‘ri talaffuzni o’rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan, maktab so’zi oxirida
b undoshi p tarzida talaffiiz qilinadi, jufti bor undosh, tekshlramiz: maktabim maktab, b harfi
yoziladi.