O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


IV. Ayrim til kategoriyalari bog‘lanishining mohiyati yangi til katcgoriyasini



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə52/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

IV. Ayrim til kategoriyalari bog‘lanishining mohiyati yangi til katcgoriyasini
o’rganish jarayonida ochiladi, shuningdek, bir yoki bir necha til kategoriyasi o’rganilgandan
keyin oydinlashadi. Masalan, so’zning leksik ma'nosi va uning morfemik tarkibi so’zning
ma'noli qismlarini o’rganish jarayonida biryo’la muhokama qilinadi, chunki u yoki bu
morfemaning rolini boshqacha yo’1 bilan tushuntirib bo’lmaydi; o’qituvchi so’z tarkibini
o’zgartiradi va shu bilan bog‘liq holda so’z ma'nosining o’zgarishini ko’rsatadi, bu o’zgarish
so’zning qaysi qismi (so’z yasovchi qo’shimcha) hisobiga hosil bo’lganini tushuntiradi: ishchi —
ishla — ishchan; paxtakor — paxtazor.
Fe'llarning Shaxssonda tusianishi kishilik olmoshlari o’rganilgandan so’ng, fe'lda Shaxs
kishilik olmoshlarining uch Shaxsni ko’rsatishi bilan bog‘lab o’rganiladi.
Maktabda grammatik raaterialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani va, birinchi
navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani uchun, bir til
kategoriyasining boshqasiga tobeligini va birbirini taqozo qilishini tushunish bilan birga,
o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni hal qilishda, ya'ni so’ziarni yozish,
gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga o’rgatish ham muhimdir. o’qituvchi tilni o’rgatish
vazifalarini hisobga olib, doimo o’quvchilarning nutqiy tajribasiga suyanadi va tii
kategoriyalarining bog‘liqligi haqidagi biiimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naitiradi.
Bilira komponentlari o’rtasidagi bog‘lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning yozma
va og‘zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi.
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta'minlanadi? Awalo, maktab
dasturi lingvistik materialni o’rganishda yangi o’rganiladigan materialning ilgari o’rganilganlar
bilan ilmiy asoslangan bog‘lanishini aniqlashga imkon beradigan izchillikni ko’zda tutadi.
o’qituvchi bu bog‘lanishning mohiyatini metodik jihatdan ko’z oldiga aniq keltirishi zarur.
o’zaro bog‘liq bo’lgan til hodisalarini ketmaket va parallel o’rganish mumkin. Bularning qaysi
biridan foydalanish ma'qulroq degan masala ko’proq materialning lingvistik mohiyatidan kelib
chiqib hal qllinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe'ldan oldin o’rganiladi, bu fe'lning Shaxssonda
tuslanishini kishilik olmoshlariga bog‘lab o’rganish imkonini beradi. o’qituvchi yangi
o’rganiladigan materialni ilgari o’rganilganlar bilan bog‘laydi. Buning uchun til tushunchalarini
taqqoslaydi va birbiriga qaramaqarshi qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni
o’rganishda ular so’z yasovchi qo’shimchalar bilan taqqoslanadi (so’z yasovchi qo’shimcha
yangi so’z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini
o’zgartirish uchun, ya'ni gapda so’zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin