O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi


II. o’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabatni o’stirish ustida maqsadga



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə50/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

II. o’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabatni o’stirish ustida maqsadga
yo’naltirilgan ishiar. o’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabat nazariy bilimlarni
o’zlashtirish, mavhum tafakkurni o’stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning semantik hamda
grammatik tomonining birbiriga ta'sirini anglashni bildiradi.
o’quvchilar tilni uiarda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo’lgan so’z, morfema,
so’z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli
o’zlashtiradilar. So’zga lingvistik munosabat so’zni tovushharf tomonidan tahlil qilib, uning
tovush va grafiktomoni o’rtasidagi bog‘lanishini aniqlash, so’zni morfemik tahlil qilish va so’zga
leksik ma'no berishda morfemaning o’rnini tushunish; so’zni grammatik tahlil qilish va shu
so’zning muayyan so’z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o’zaro bog‘liqligini
tushunish ko’nikmasining shakllanishiga qarab o’sib boradi.
Lingvistik munosabat o’quvchilarda astasekin shakllantirib boriladi, ularda bilish, tushunib
olish saviyasi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan, 2-sinf o’quvchilari gapdagi so’z
birikmalarini topadilar, ammo u so’z birikmasidagi so’zlar o’zaro qanday, ya'ni nimalar
yordamida bog‘langanini tushuntira olmaydilar. 4-sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmasini
topadilar va so’z birikmasi tarkibidagi so’zlar o’zaro so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar (kelishik,
395
Shaxsson qo’shimchalari) yoki ohang yordamida bog‘langanini tushuntiradilar, ya'ni bog‘lanish
grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko’rsatadilar. Bu so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning
bog‘lanish mohiyatini elementar darajadatushunish bo’lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so’z
birikmasi tarkibidagi so’zlarning bog‘lanish turlari, bosh va ergash so’zning xususiyatlarini)
tushunadilar.
O’qituvchi o’quvchilarda so’zga, so’z birikmasi va gapga lingvistik raunosabatni ta‘lim
jarayonida maqsadga muvofiq o’stirib boradi, xususan, o’rganiladigan kategoriyani o’quvchi
tushunib olishiga g‘amxo’rlik qiladi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin