46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия
Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayoni Grammatik tushunchani o’zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o’quvchilar
uchun ancha murakkab jarayondir. o’qituvchi Boshlang’ich sinflarda tushunchani o’zlashtirishga
oid ishlarni tashkil etishda o’rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni
o’zlashtirish jarayonining psixologikdidaktik xususiyatlarini, o’quvchilarning nutqiy va aqliy
o’sishi birbirini taqozo etishini, grammatik bilimning nutqdagi o’rnini asos qilib oladi.
Grammatik tushunchalarda til hodisalarining muhim belgilari umumlashtiriladi.
Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayonida o’rganiladigan muhim belgilarani ajratish
maqsadida muayyan til materiali analiz qilinadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha uchun
quyidagi ikki muhim belgi xarakterli:
1) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha — so’zning o’zgaradigan qismi;
2) so’z o’zgartuvchi qo’shitncha sintaktik vazifani bajaradi, ya'ni gapda so’zlarni bog‘lash
uchun xizmat qiladi.
Tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarda o’qituvchi muayyan bir tushunchaning muhim
belgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga ko’ra, shu sinf o’quvchilarini tushunchaning qanday
belgilari bilan tanishtirishni, foydalanganda yaxshi natija beradigan leksik materiallarni, metodik
usul va vositalarni belgilab oladi.
Til materialini analiz qilish jarayonida o’rganiladigan tushunchaning miihim belgilari
ajratiladi (tushuncha ustida ishlashning birinchi bosqichi), so’ng belgilar o’rtasidagi bog‘lanish
topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi o’zaro munosabati aniqlanadi, atama
beriladi (tushuncha ustida ishlashning ikkinchi bosqichi). o’quvchilar o’rganilgan tushuncha
mohiyatini anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta'rifmi aniq
ifodalash ustida ishlanadi (tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi); to’rtinchi bosqichda
o’rganilgan kategoriyani bilib olish uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida
(fikrni aniq ifodalash, so’zni va gapni to’g‘ri yozish uchun) o’quvchilarda tushunchaga
asoslanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
Shunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda to’rt
bosqichga bo’linadi:
Birinchi bosqich — tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til materialini
tahlil qilish. Bu bosqichda ma'lum so’z va gaplarning leksik ma'nosidan kelib chiqib
mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til hodisasi, til kategoriyasi uchun umumiy
hisoblangani ajratiladi. o’quvchilar tahlil qilish va mavhumlashtirish aqliy amalini bilib oladilar.
Ikkinchi bosqich — tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular orasidagi bog‘lanishni
aniqlash(tushunchalarning ichki bog‘lanishini aniqlash), atamani berish. o’quvchilar taqqoslash
va tarkib amalini bilib oladilar.
Uchinchi bosqich tushuncha ta'rifini ifodalashni tushunish, belgilar rnohiyatini va ular
orasidagi bog‘lanishni aniqlash.
To’rtinchi bosqich — yangi til materiali asosida o’rganilayotgan tushunchani
aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash, o’rganilayotgan tushunchaning
ilgari o’zlashtirilgan tushunchalar bilan bog‘lanishini aniqlash.
Ko’rsatilgan bosqichlarni ,,fe'l" grammatik tushunchasini shakllantirish jarayoni misolida
ko’rib chiqaylik:
Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning muhim belgilarini
aniqlashdan boshlanadi. Ko’pgina tekshirishlar, agar o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida
muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki til materialini o’zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning
analitik faoliyati samaradorligi ortishini ko’rsatdi. Masalan, o’quvchilar harakatlarini kuzatish
asosida gap tuzadilar. Darsda o’quvchilarni fe'ldan foydalanish va e‘tibor bilan yozishga
undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda ko’rilgan film, shu darsda
ko’rsatilgan diafilmning biror qismi, o’qilgan hikoya, rasm materiali yuzasidan gaplar tuzish
ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq ifodalaydigan kerakli so’z (fe'l)ni jaraoa bo’lib topish
imkonini beradigan vaziyat yaratish miihimdir. Masalan, mavzuni o’rganishdan oldin
o’quvchilar bahorda tabiatda yuz beradigan o’zgarishlarni kuzatadilar.
o’qituvchi: — Bahorda tabiatda qanday o’zgarishlar yuz beradi?
o’quvchilar: Kunlar isiydi.
— o’tlar ko’karadi.
— Daraxtlar kurtak chiqaradi.
— Bodom gullaydi.
— Dastlab shaftoli, o’riklar gullaydi.
— Olma keyinroq gullaydi.
O’quvchilar o’qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab yozadilar.
O’qituvchi: Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so’zlardan foydalandingiz?
Ularning tagiga ikki to’g‘ri chiziq chizing (o’quvchilar vazifani bajaradilar).
— Harakatni bildirgan so’zlarga so’roq bering va taqqoslang (o’quvchilar nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi?so„roqlarin\ beradilar).
— Endi darslikda fe'l haqida nima deyilganini o’qing.
— Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar qanday ataladi, ular qanday so’roqlarga
javob bo’ladi?
— Bodom gulladi. Olma gullaydi gaplarini gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiling (o’quvchilar
eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to’g‘ri chiziq chizadilar).
Gulladi, gullaydi fe'llari gapda qaysi bo’lak vazifasida kelgan? (Kesim.)
Fe'l haqida nimalarni bilib oldingiz? Rejadan foydalanib ayting (umumlashtiring):
1. Fe'lnima? (So„z) 2. Nimani bildiradi? (Shaxs va narsaning harakatini) 3. Qaysi so’roqlarga javob bo’ladi? (Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi?) 4. Qaysi gap bo’lagi vazifasida keladi? (Kesim) Kitobdagi qoidada rejaning qaysilariga javob berilgan? Rejani o’qing va unga javob
bering.
o’quvchilar kitobdagi va qo’shimcha mashqlarni ishlaydilar.
Fe'ldan boshqa yana qanday so’z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son, kishilik olmoshi)
So’zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So’z turkumlari (ot, sifat, fe'l) btrbiridan qanday
farqlanadi? (o’quvchilar rejadan foydalanib javob beradilar).
O’quvchilar mustaqil bir necha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fe'llarning tagiga
chizadilar.
Bu dars fragrnentida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining yuqoridagi to’rt bosqichi
qisqa shaklda o’z aksini topgan. Biroq bu darsda o’quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi,
uni o’zlashtirish uchun esa dasturda mavzuni o’rganishga ajratilgan barcha darslardagi
mashqlartizimini bajarish lozim. Mavzuni o’rganish jarayonida ,,Fe'l" tushunchasi chuqurlashadi
va kengayadi, o’quvchilar fe'lning yangi belgilarini o’rganadilar (fe'llarda bo’lishli va
bo’lishsizlik, ularning Shaxsson qo’shimchalari bilan tuslanishi, fe'l zamonlari). o’quvchilarda
fellarni Shaxsson, zamon, bo’lishsizlik qo’shimchalari bilan o’zgartirish va fikr bayon etish
maqsadiga mos fe'l shakllaridan nutqda to’g‘ri foydalanish ko’nikmasi shakllantiriladi.
Tushunchani shakllantirish jarayonida so’zning leksik ma'nosi, uning gap tarkibida boshqa
so’zlar bilan birga kelgandagi ma'nosi astasekin aniqlanib, oydinlashtirilib boriladi, og‘zaki va
yozma nutqda so’zni uslubiy to’g‘ri ishlatish ko’nikmasi orta boradi. Buning uchun o’quvchilar
so’zning ko’p ma'noliligi, o’z va ko’chma ma'noda ishlatilishi, sinonim va antonim so’zlar bilan
elementar tanishtiriladi.
O’rganilgan grammatik belgilarni amalga keng tatbiq etish va ulardan jonli nutqda aloqa
maqsadida bevosita foydalanish uchun grammatik tushunchani shakllantirishda o’quvchilarda
mavhumlashtirishni va so’zlar uchun xarakterli bo’lgan umumiy grammatik belgilarni
sintezlashni o’stirish zarur, shuningdek, ular so’zning leksik ma'nosini chuqur bilishlariga
erishish muhimdir. Bular o’quvchilarning nutqini o’stirish mohiyatini aks ettiradi, yani
o’quvchilar nutqda so’zlardan amaliy foydalanishga, so’zning leksik ma'nosini tor tushunishdan
chuqurroq tushunishga o’tadilar, so’zning leksik va graramatik ma'nolari birbiriga ta'sir qilishini
tushuna boshlaydilar, natijada nutqda so’zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi.