46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия
III. Yangi tushunchani ilgari o’rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish tushunchani
o’zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti hisoblanadi. Tushunchalar
orasida bog‘lanishni vujudga keltirish, amalga oshirish o’quvchilarning o’zbek tilidan
egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli foydalanishiga poydevor bo’ladi.
Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy)
vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni ko’proq tatbiq etishga imkon beradi.
Tushunchalar orasidagi bog‘lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga kiritmay turib,
o’quvchilar tilni ongli o’zlashtira olmaydilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zlashtiradigan asosiy bog‘lanish yo’llari quyidagilar:
1. So’zga beriladigan morfologik so’roqlar va ularning grammatik , belgilari (kim?, nima?
so’rog‘iga javob bo’lgan so’z Shaxs va narsani bildiradi birlik va ko’plikda qo’Ilanadi egalik
qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilanturlanadi; qanday?, qanaqa? so’rog‘igajavob
bo’lgan so’z Shaxs va narsaning belgisini bildiradi o’zgarmaydi; necha?, nechanchi? so’rog‘iga
javob bo’lgan so’z Shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi asosan, o’zgarmaydi; nima
qildi? nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog‘iga javob bo’lgan so’z predmet harakatini bildiradi
bo’lishli yoki bo’lishsiz shaklda qo’llanadi, Shaxsson qo’shimchalari bilan tuslanadi, o’tgan,
hozirgi va kelasi zamondan birini ko’rsatadi).
2. So’z turkumi — gap bo’lagi bo’ladi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali bo’lak, sifat —
ikkinchi darajali bo’iak, son — asosan, ikkinchi darajali bo’lak, fe'l — kesim vazifasida keladi).
3. Bosh kelishikdagi ot — ega, boshqa kelishiklardagi otlar — ikkinchi darajali bo’lak
bo’ladi.
4. Kishilik olmoshlari fe'llarda Shaxsni ifodalaydi (agar fe'l men yoki biz olmoshlari bilan
qo’llansa, I Shaxs, sen yoki siz olmoshlari bilan qo’llansa, II Shaxs ifodalanadi).
5. Umumiy o’zak va o’zakdosh so’zlarning ma'nosidagi umurniylik (o’zakning umumiyligi
o’zakdosh so’zIarning ma'nosidagi o’xshashlikka sabab bo’ladi).
6. So’zning leksik ma'nosi va uning morfemik tarkibi (so’zning morfemik tarkibi o’zgarsa,
ko’proq uning leksik ma'nosi o’zgaradi: gul — gulchi, guldon, gulla kabi).