Savol va topshiriqlar 1. Grammatik tushuncha nima? Uning o’ziga xos xususiyatini ayting.
2. Kichik yoshdagi o’quvchilar lingvistik tushunchalarni o’rganishda qanday
qiyinchiliklarga duch keladilar? Buning sababi nimada?
3. o’quvchilarda lingvistik tushunchalarni shakllantirish jarayonini izohlang. Har qaysi
bosqichdagi ishning mazmuni va maqsadini ayting.
4. o’quvchilarga yangi grammatik tushunchani o’rgatish darsining lavhasini ishlab chiqing.
5. Grammatik tushunchani qulayroq shakllantirishga qanday shartlar yordam beradi?
6. Grammatik tushunchani o’rgatish jarayonida o’qituvchi qanday qilib o’quvchilarning
aqliy faoliyatini faollashtiradi?
7. Grammatik materialni o’rganishning har xil bosqichida darslik bilan qanday ishJanadi?
Aniq misollar keltiring.
8. Grammatik, leksik va so’z yasalishiga oid mashqlarni ta'riflang.
.
SO‘Z TURKUMLARINI O'RGANISH METODIKASI 1.Otni o‘rgatish tizimi.
2.Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini o‘rgatish.
3.Boshlang‘ich sinflarda sifat va sonni o‘rgatish tizimi.
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi
so'zlaming leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga
ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so'z turkumlari haqidagi ilm
hisoblanadi.
So'zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki
holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari), 2) morfologik
www.ziyouz.com kutubxonasi
(so'zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakllarning
sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak,
so‘z turkumlari ustida ishlash o'quvchilaming muayyan guruhdagi
so'zlaming umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi
sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh,
fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so'ng har bir leksik-grammatik
guruh alohida o'rganiladi. Bu so'z turkumlarini o'rganishning
boshlang'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi
va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini
aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ot,
sifat, son, fe’ining quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so'z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib,
harakat yoki holat);
2) qanday so'roqlarga javob bo'lishi;
3) o'zgarish-o'zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi;
4) gapda, asosan, qanday bo'lak vazifasida kelishi.
O'quvchilar mana shu o'rgangan belgilari asosida so'z turkumlarini
taqqoslaydilar. Ular nimani o'rganganlariga qarab, har bir so'z
turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va
chuqurlasha boradi. Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinfda so'zlar dastlab
javob bo'ladigan morfologik so'roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda
„So'z turkumi“ tushunchasi shakllantiriladi. O'quvchilar har bir so'z
turkumiga xos ayrim belgilar (so'z turkumlarining umumlashtirilgan
leksik ma’nolari, otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi, bo'lishli
va bo'lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’ining gapdagi vazifasi) bilan
tanishtiriladi. 4-sinfda so'z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari
haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o'quvchilar otlaming egalik
va kelishiklar bilan o'zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini,
kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda
shaxs-son va zamonni o'rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang'ich
sinf o'quvchilarining so'z turkumlari yuzasidan bilimlari hajmi
ko'rsatilgan:
www.ziyouz.com kutubxonasi