1-rasm. Ichki predmetlararo aloqalar.
Tayanch so’z va atamalar: Iqtisodiy, ijtimoiy, aholi, mehnat resursi, jahon iqtisodiyoti, transport, xalqaro iqtisodiy aloqa, geografik mehnat taqsimoti, xalqaro geografik mehnat taqsimoti, global muammo, geografik prognoz, monitoring, geografik baholash, geosiyosat.
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLARI
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Iqtisodi geografiya va Amaliy geografiya o’quv fanlari dasturlarini tahlil qiling.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Iqtisodi geografiya va Amaliy geografiya darsliklarining tuzilishini o’rganib chiqing.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Iqtisodi geografiya va Amaliy geografiya o’quv fanlari darsliklarining metodik jihozlanishini tahlil qiling va o’rtog’ingiz bilan fikr almashing.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Iqtisodi geografiya va Amaliy geografiya o’quv fanlari kompetensiyalariga xos jihatlarni ajrating.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Iqtisodi geografiya va Amaliy geografiya o’quv fanlari yuzasidan VENN diagrammasi tuzing.
Umumiy geografik va xususiy tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi.
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi.
Geografik bilim geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |