O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə1/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



, ,

H.VAXOBOV
N.R.ALIMQULOV, N.B. SULTANOVA
GEOGRAFIYА O’QITISH METODIKASI

(Darslik)


Toshkent-2020

Ushbu darslikda unda bo’lg’usi geografiya o’qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan geografiya o’qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya o’qitishning dolzarb muammolariga doir ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.

Darslik 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani o’qituvchilariga mo’ljallangan




Taqrizchilar: Baratov P. - Nizomiy nomidagi TDPU, g.f.n.,professor Sh.M.Sharipov - O’zMU, “Geografiya va tabiiy resurslar” fakulteti dekani, g.f.n., dots.
Geografiya o’qitish metodikasi: 5110500 Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari va geografiya fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. - Toshkent, 2020
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
2020 yil dagi № buyrug’i bilan nashrga tavsiya etilgan
КИРИШ

O’zbekistoning mustaqillikka erishishi munosabati bilan geografiya ta’limida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Maktab geografiyasining mazmuni va tuzilishida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Ayrim o’quv fanlari maktab dasturidan olib tashlandi, ayrimlarining mazmuni o’zgartirildi, ayrim fanlar yangidan yaratilib, o’quv tizimiga joriy qilindi.


O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», va «Ta’lim to’g’risidagi qonun»i qabul qilinishi munosabati bilan o’quv qo’llanmalar va darsliklarga bo’lgan talablar keskin o’zgardi. Barcha fanlarda bo’lganidek maktab geografiyasi fanida ham tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya predmetlarining dasturi va tuzilishi O’zbekiston maktab ta’limi tizimida sodir bo’lgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda qaytadan ko’rib chiqildi.
Shu munosabat bilan geografiya o’qitish metodikasida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya o’qitish metodikasida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash munosabati bilan o’qitish metodikasida ham qator o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Shu munosabat bilan mazkur darslik tayyorlandi. Georafiya o’qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish va mazkur tayyorgarlik darajasini orttirish maqsadida quyidagilar yillik vazifalar etib belgilandi:

  1. Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o’rta ta’lim turida:

  • “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” asosida georafiyadan yangi modernizatsiyalashtirilgan DTS va yangi tahrirdagi o’quv dasturini amaliyotga qo’llash;

  • georafiyadan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini nazorat qilish va baholash tizimining metodik ta’minotini ishlab chiqish;

  • georafiya darsliklarining yangi avlodi va o’quvchilarning mustaqil ish daftarini yaratish.

  1. Uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi turi bo’yicha:

  • kasb-hunar kollejlari va tabiiy yo’nalishdagi akademik litseylar uchun yangi tahrirdagi dastur talablari va DTS me’yorlariga mos keladigan darsliklar va metodik qo’llanmalar tayyorlash;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida georafiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali kasbiy yo’naltirilganlikni amalga oshirish;

  • georafiyani o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg’un ravishda foydalanishning metodik ta’minotini yaratishni talab etmoqda.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish maqsadida pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan “Georafiya o’qitish metodikasi” kursi bo’yicha darslikni yaratish va unda umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida georafiyani o’qitishning dolzarb muammolarini hal etishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan metodik tavsiyalar jamlandi.
Darslikning mukammal bo’lishi yuzasidan fikr-mulohazalarni Nizomiy nomidagi TDPU, Georafiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasiga yuborish so’raladi va fikr bildirgan ustozlar va hamkasblarga avvaldan minnatdorchilik bildiriladi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin