Modul dasturining didaktik maqsadi: Siz o`quvchilar bilan kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash bilan birga qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlarning turlari, trombotsitlar va qonning ivish jarayoni bilan tanishishingiz, darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
Maqsad: Eritrotsitlarning tuzilishi, hosil bo`lishi, miqdori va asosiy vazifasini o`rganish. Darslikdagi matnni diqqat bilan o`qib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshi-riqlarni bajaring:
Eritrotsitlarning qaerda hosil bo`lishi va tuzilishidagi o`ziga xoslikni o`rganish.
Eritrotsitlarning boshqa hujayralardan qanday farqi bor?
Odam qonida eritrotsitlarning hosil bo`lishi va normal miqdorda bo`lishi qanday omillarga bog’liq?
Eritrotsitlar hayotining davomiyligi va qaerda parchalanishini aniqlang. Bu moddalar qaysi jarayonlarda sarf bo`ladi?
Eritrotsitlarning asosiy vazifasini aniqlang.
Eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi qanday kasallikni keltirib chiqaradi?