O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Umumta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalar, grantlar va homiylik yordamini jalb qilish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə118/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Umumta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalar, grantlar va homiylik yordamini jalb qilish.

Ma’lumki, iqtisodiyotini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, uning raqobatbardoshligini, moslashuvchanligini va izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta miqdordagi investitsiyalar zarur. Sarmoya oqimlarini inson sarmoyasi resurslari bilan uyg‘unlikda amalga oshirish imkoniyatlarining mavjudligi investitsiyalarning iqtisodiy nuqtai nazardan yanada istiqbolli yo‘nalishlarga safarbar etilishiga va umuman iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, har qanday yangilikning paydo bo‘lishi oliy ma’lumotli ishchi kuchini, tadqiqotlar o‘tkazish uchun tegishli malaka, bilimlar va ko‘nikmalarga ega, shuningdek, ushbu tadqiqotlarni amaliyotda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan xodimlarga ehtiyojni taqozo etadi. Shuning uchun inson sarmoyasiga investitsiyalar kiritish muhim, strategik miqyosdagi jarayondir.





Investitsiya-foyda olish maqsadida turli loyihalarga sarmoyalangan mablag‘



Investitsiyani ta’riflashning asosida uning o‘z-o‘zidan ortib boruvchi qiymat sifatidagi tushunchasi yotadi. U holda inson sarmoyasini ta’riflash nuqtai nazaridan, inson unga kiritilgan investitsiyalar natijasida ma’lum qiymatga ega bo‘lgan iqtisodiy ob’ekt sifatida ko‘rib chiqiladi. Ya’ni investitsiyalar kiritilmas ekan, inson sarmoya hisoblanmaydi, balki faqat muayyan salohiyatni o‘zida namoyon etadi xolos. Shu munosabat bilan inson salohiyatini insonga kiritilgan (ta’lim, sog‘liqni saqlash va tarbiyaviy) investitsiyalar to‘plami sifatida talqin etish mumkin. Inson faqat iqtisodiy faoliyat sub’ektiga aylanganda, ya’ni, unga kiritilgan investitsiyalar ishlay boshlab, foyda keltirgan taqdirda sarmoyaga aylanadi. Inson sarmoyasiga investitsiyalar (intellektual investitsiyalarning bir qismi yoki intellektual sarmoyaga investitsiyalar sifatida) – bu kelgusida xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan, alohida sarmoya egasining ham, umuman jamiyatning ham kelgusi daromadlari oshishiga xizmat qiluvchi xarajatlardir. Umuman olganda, inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiyalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: salomatlikni saqlab turish, umumiy va maxsus ta’lim olish xarajatlari; ish qidirish; ishlab chiqarishda kasbiy tayyorgarlik; bolalarning tug‘ilishi va ularni tarbiyalash, narxlar va ish haqi to‘g‘risida iqtisodiy ahamiyatli axborotni qidirish bilan bog‘liq xarjatlar va h.k. Joriy xarajatlar shu maqsadda amalga oshiriladiki, ushbu xarajatlar kelgusida daromadlarning yuqori oqimi bilan bir necha marta qoplanadi.

Ta’kidlash joizki, inson sarmoyasi bilan moddiy sarmoya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik mavjudligiga qaramay, ular bir-biridan ancha farq qiladi. Xususan, inson sarmoyasi qarz olishda ta’minot vazifasini o‘tay olmaydi, chunki u sotilishi mumkin emas. Inson o‘z xatarini taqsimlay olmaydi yoki diversifikatsiya qilolmaydi, moddiy sarmoya egasi esa buni amalga oshirishi mumkin.


Inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiya ijtimoiy soha tarmoqlari bo‘yicha bo‘lish mumkin, buning oqibatida ta’lim sarmoyasi, salomatlik sarmoyasi va madaniyat sarmoyasi aniqlanadi. Bugungi kunda inson sarmoyasiga kiritiladigan investitsiyalarning ushbu turlariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, chunki ular ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan hayotiy zarurdir.
Ta’lim xizmatlari ichki va tashqi samaralar xususiyatiga ega. Ta’lim xizmatlarini iste’mol qilishda ichki samara shunga olib keladiki, yuqori ma’lumot kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan har bir inson boshqalarga qaraganda katta daromad olish va ta’limdan xususiy samarani oshirish imkoniyatiga ega. Bunday holatda tashqi (ijobiy) samara mehnat unumdorligi, YaIM hajmining o‘sish sur’atlarida, to‘g‘ri siyosiy qarorlarning qabul qilinishida o‘z ifodasini topadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, aynan inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar iqtisodiyot o‘sishining asosiy vositasiga aylanadi. Ma’lumki, YaIMning iste’mol uchun yo‘naltiriladigan ulushi, aslida, inson sarmoyasining rivojlanishini ta’minlovchi investitsion resurs hisoblanadi. Iste’mol ob’ektiga bog‘liq holda, butun aholi iste’molini ikkita yirik guurhga ajratish odatiydir – buyumlar iste’moli va xizmatlar iste’moli. Manfaatlar ham, xizmatlar ham aholi iste’moli ob’ektlari sifatida moddiy va ma’naviy tabiatga ega bo‘lish mumkin. Moddiy manfaatlar va xizmatlarga aholini moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi iste’mol buyumlari va xizmatlar (ozuqaga, kiyimga, yashash joyiga va h.k.) kirali. Ma’naviy manfaatlar va xizmatlarga esa odamni ma’naviy intellektual ehtiyojlarini qondiruvchi, masalan madaniyatga ehtiyoj ta’lim, ijodiy faoliyat, va h.k.larga ehtiyoj kiradi.
Mamlakatimizda investitsiya siyosatini tubdan takomillashtirish va isloh qilish, uni amalga oshirish yuzasidan zamonaviy, samarali yondashuv va mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va umuman ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilishni, sanoat ishlab chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda investitsiyalarni jalb etishda avvalo ichki manbalarni safarbar etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirishda investorlarning o‘z moliyaviy resurslari – korxona foydasi, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va boshqalardan kengroq foydalanish zarurligini anglatadi. Chunki, ichki manbalarning to‘liq safarbar etilishi, bir tomondan, mavjud iqtisodiy resurslardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlasa, boshqa tomondan, investitsiyalarning samaradorligini oshiradi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishi. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar investitsion faoliyat deb atalib, u quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: - investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay, a’zolik badallari va boshqa to‘lovlari); - davlat budjeti mablag‘lari; - chet elliklar mablag‘lari.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi. Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar kompleksi. Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui. Investorlar – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar ob’ektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Investorlar kreditorlar va haridorlar rolini bajarishlari, shuningdek investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishlari mumkin. Odatda investorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan – kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan hisobkitoblarni amalga oshiradilar. Investitsiya dasturlarida muayyan davrda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar, ularning bajarilish bosqichlari va sarflanishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar qiymati hududlar va tarmoqlar bo‘yicha aks ettiriladi. Investitsiya dasturlari uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, unda har bir yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar alohida ifodalangan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori bilan 2019 yilda kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari, 2019 yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’ektlarini ishga tushirish prognozi hamda 2019 yilda ob’ektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dastur doirasida jami 112 trln 251 mlrd so‘mlik kapital kiritilishi, xususan shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 4 trln 43 mlrd so‘mlik davlat kafolati asosidagi xorijiy investitsiya va kreditlar ajratilishi belgilangan.
Bu yo‘nalishda aniq maqsadli ish olib borish nafaqat investitsiyalarni, balki eng avvalo, ilg‘or texnologiya va nou-xaularni jalb etishni ko‘zda tutadi. Ular esa O‘zbekistonga jahon bozorida o‘z mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Aytish kerakki, jiddiy xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan keng istiqbollar va imkoniyatlar hamda aniq bayon etilgan taraqqiyot ustuvorliklari yetakchi transmilliy kompaniyalar va korporatsiyalarning mamlakatimizga o‘z investitsiyalarini olib kirishiga yuqori darajada intilishini ta’minlaydi.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin