O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Marketingni strategik rejalashtirish bosqichlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə124/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Marketingni strategik rejalashtirish bosqichlari

- вазифа/мақсадлар ва маркетинг хизматлари йўналишни аниқлаш

мақсадга эришиш учун стратегияни танлаш

вазифаларни аниқлаш

ҳар бир вазифани ҳал этиш учун зарур тадбирлар билан ишчи дастурларини ишлаб чиқиш

ташқи шароитлар, имконият ва таҳдидлар таҳлили

мақсадларни белгилаш

ички кучли ва заиф томонларни баҳолаш

молия режаси/ бюджетни тайёрлаш.

Topshiriq 3. Tashqi va ichki omilarni tahlil qiling: tusiqlar va ijobiy taraflar?



t/r


Xizmatlar turi


Kimlar uchun


Tusiqlar


Ijobiy imkoniyatlar


1.










2.










3.










4.










5.










6.










7.










8










9










Topshiriq 4. Marketing xizmatlari bo‘yicha marketing xaritasini tuzing.




Aniq harakatlarning ro‘yxati


Muddati (aniq boshlanishi va yakunlanishi)


Mas’ul


Amalga
oshirish usullari


Kerakli resurslar


Kutilayotgan natija


1.














2.














3.














4.














5.















  • Guruhlarda ishlash uchun Keys


Vaziyat:
Kraudfanding bilan shug‘ullanmayotgan ta’lim muasssasalari uchun mashg‘ulot. Quyidagi savollarga atroflicha javob bering:
  • Nima sababdan sizning ta’lim muassasangiz kraudfanding bilan shug‘ullanmaydi. Bunga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni sanab bering.


  • Sizning ta’lim muassasangizda kraudfanding bilan yaqin orada shug‘ullanish uchun nimalar mavjud?


  • Kraudfanding bilan shug‘ullanishingiz uchun sizga nimalar to‘sqinlik qilmoqda va ularni bartaraf etish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?


  • Kraudfandingni ta’lim muassasangizda tashkil qilish va rivojlantirish uchun qisqacha dastur yoki reja bering.



    Maslan: Rossiyadagi “Dari Dobro” – bu Rossiyadagi birinchi mobil aloqa vositalari orqali xayriya fondi tashkil qilingan




    Ta’lim muassasasini boshqarishga kopleks yondashuv

    Ta’limi rivojlangan mamlakatlarda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish tajribasi
    Istalgan mamlakatdagi ta’lim tizimi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy rivojlanshning asosiy masalalarini amalga oshirishga, imkon yaratishga qaratilgan. Chunki aynan ta’lim muassasalari yoshlarni jamiyatning iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotidagi turli sohalarida faol ishtirok etishlariga tayyorlaydi.
    Asosiy vazifalar sifatida ta’lim sohasini islohot qilish, ta’lim muassasalari hodimlarining kasbiy malakasi va hodimlar imkoniyat darajalarini oshirishni ko‘zda tutiladi. Kasbiy malakani oshirish, o‘qitish texnologiyalari, ta’lim jarayonini tashkil etish mazmunini jadal ravishda yangilanishni va pedagog hodimlarning kasbiy mahoratini takomillashtirishni talab etadi.
    Bunday xollarda uzluksiz malakaviy o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillariga muvofiq pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun zarur shart – sharoitlarini yaratish hisobiga didaktik samaraga erishiladi.
    Pedagog kasbiy rivojlanishining amaldagi modellari tahlili, pedagogik mahorat shakllanishining tashqi va ichki sharoitlarning mavjudligi, ushbu jarayonning bosqichma - bosqichligining namoyon bo‘lishining darajaviy variativligini ajratib ko‘rsatishga imkon yaratadi.
    Shunga ko‘ra, pedagog o‘z – o‘zini rivojlanishini shaxsan qabul qilishi faoliyatning alohida turi sifatida ahamiyatga ega bo‘lib boradi.
    Malaka oshirish tizimi pedoagoglarning shahsiy malakasini rivojlanishiga turli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ya’ni jadalligini ta’minlashi, yangi yo‘nalishlarni aniqlashi, shahsiy kasbiy rivojlanishning o‘z – o‘zini rivojlanish jarayoni sifatida rag‘batlantiradi. Bularning barchasi pedagoglar shahsiy kasbiy rivojlanishini qo‘llab quvvatlashda, ularning kasbiy qiyinchiliklarini konstruktiv tarzda yengib o‘tishlari uchun sharoitlarni ta’minlashda va pedagogik amaliyot muammolarini xal etishda malaka oshirish jarayoni yo‘nalishining ustuvorligini asoslaydi. Bunday ustivor vazifalarni ta’minlash o‘z o‘rnida malaka oshirish texnologiyalaridagi va mazmunidagi o‘zgarishlarni talab etadi.
    Ilmiy va amaliy bilimlarning mustaqil sohasi sifatida malaka oshirishning, ya’ni tarkib topgan va rivojlangan pedagogik kadrlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga sezilarli ehtiyoj tug‘ila boshladi.
    Hozirgi kunda pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimi o‘z maqsad va vazifalari, funksiya va mazmuni, o‘qitish sub’ekti va ilmiy ta’minlanishga ko‘ra alohida mustaqil ta’lim tizimi sifatida yuzaga keldi.
    Pedagogika fani pedagogik kadrlarni shahsiy rivojlanishi asosida yotuvchi qonun va qonuniyatlarni hisobga olmaydi. Shunday qilib kasbiy pedagogik faoliyat sub’ekti sifatida pedagog kasbiy faolligini rivojlantirishning sub’ektiv shahsiy jihatlari uzoq vaqt davomida olimlar tadqiqiy qiziqishlarining sirtqi tamonida qolib ketgan.
    Xuddi shuni pedagogik kasbiy malaka oshirishning o‘ziga xos hususiyatlari kattalarni o‘qitish jarayoni sifatida o‘rganilishi haqida aytish mumkin. Bundan tashqari o‘z yechimini topmagan bir qator muammolarni aytib o‘tish mumkin. Masalan, pedagoglar qanday sharoitlarda malaka oshirish sub’ektlariga aylanadilar? Ularni o‘qitish texnologiyalarining o‘ziga xos hususiyatlari nimalardan iborat? O‘qituvchilar malaka oshirishining tarkib topish jarayonining o‘ziga xos hususiyatlari qanday?
    Bir qator mualliflar malaka oshirishni kasbiy faoliyat bilan bog‘liq ta’lim extiyojlarini qondirish, ishchilarning ish sifatini takomillashtirish, avvaldan olingan kasbiy bilimlarni yangilash va chuqurlashtirish kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi sifatida o‘rganib chiqadilar. Birinchi marta uzluksiz ta’lim konsepsiyasi 1965 – yilda bo‘lib o‘tgan YuNESKO forumida yirik nazariyotchi P.Lengran tomonidan taqdim etilgan edi. Uning fikriga ko‘ra “Uzluksiz ta’lim butun umr davom etadigan jarayonni anglatib, unda inson shaxsi va uning faoliyatining ham individual ham ijtimoiy jihatlarining integratsiyasi alohida ro‘l o‘ynaydi”. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, uzluksiz ta’lim g‘oyasi ta’lim islohotining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib qoldi. U madaniy – ma’naviy, kasbiy, hayotda o‘z – o‘zini to‘laqonli namoyon etishning maqsadlariga muvofiq kasb va shaxs imkoniyatlarini doimiy boyitib borishga intilishga ta’kidlovchi, inson ongining yangi paradigmasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs rivojlanish darajasi uzluksiz ta’limning markaziy toifasi hisoblanadi. Bu rivojlanish uning ko‘p qirrali bilim orttirish, ma’naviy talab va extiyojlarini qondirishda malakalarini takomillashtirish va ochilishida namoyon bo‘ladi. Shaxs rivojlanishi, shaxs tushunchasining ahamiyatli tarkibi sifatida jadal o‘zgarib borayotgan jamiyat amaliyoti sharoitlarida kasbiy va boshqa sifatlarini kafolatlaydi.
    Uzluksizlik va shaxs rivojlanishi muammolarining aktualliligiga qaramay, ilmiy tadqiqotlarda “uzluksiz ta’lim” tushunchasi bir ma’noli tushuncha hisoblanmaydi.
    YuNESKO atamalar glosariysida uzluksiz ta’limning keng tushunchasi taklif etiladi: uzluksiz ta’lim na vaqt bilan chegaralangan (muddatlari bo‘yicha), na makonda chegaralangan (o‘qitish joyi bo‘yicha), na o‘qitish uslublari bo‘yicha chegaralangan uzluksiz ta’lim sohasidagi resurslar va butun faoliyatni birlashtirib shaxs rivojlanishining uyg‘unligiga erishish va jamiyatni qayta tashkil etishga, rivojlantirishga erishishga yo‘naltirilgan.

    Yüklə 1,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin