O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


“Ta'lim menejmenti” kurslari bo‘yicha baholash mezonlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə156/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

7. “Ta'lim menejmenti” kurslari bo‘yicha baholash mezonlari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi
19-2018 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentyabrdagi 3069 - son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq ishlab chiqildi.



Baholash usullari

Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov,taqdimotlar




Baholash mezonlari

Talabaning “Ta'lim menejmenti” kursi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini bahlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:


5 baho - “Ta’lim menejmenti” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda, me’yoriy-huquqiy asoslar mazmunini bilish va amaliyotda qo‘llash;
- ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda, yaqin, o‘rta davrni va istiqbolni ko‘zlab maqsad, vazifalarni belgilash;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy shakllarini qo‘llash;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning qulay metod va vositalarini qo‘llash, ma’lum vaziyatlarda ulardan to‘g‘ri foydalana olish;
- ta’limda menejmentni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, shuningdek, Sharq va G‘arbning ilg‘or tajribalari asosida tashkil eta olish;
- o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘g‘ri bajarilishini tashkil etish;
- ta’lim jarayonini boshqarishda shaxs faoliyati va xulqini rag‘batlantirib borish;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda turli vaziyatlar hamda ta’lim-tarbiya natijalarini tahlil eta olish, jamoani o‘rganish;
- ta’limda menejmentni tashkil etishda boshqaruvdagi muammolar sabablarini, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun samarali tadbirlarni belgilash;
- o‘z bilimini oshirib borish, amaliyotda ta’limda menejment fanidagi yutuqlar, ilg‘or tajribalardan foydalanish, qulay pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish, boshqaruv faoliyatda yuzakilik va bir qolipda ishlashga yo‘l qo‘ymay, ishga ijobiy munosabatni namoyon etish;
  • - muassasa xodimlari vazifalarining samaradorligiga erishish, tashqi ta’lim, ota-onalar, mahalla, jamoatchilik bilan o‘z-o‘zini boshqarishni tashkil etish haqida bilimga ega bo‘lishi; ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash;


– ta’lim-tarbiyaning innovatsion shakl, metod va vositalarini joriy etish;


  • ta’limdagi innovatsion jarayonlarni dasturiy-texnologik ta’minotini ishlab chiqish;


  • ta’lim muassasaida tadqiqotni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish;


  • test jarayonini o‘tkazish va nazorat qilish;


  • asosiy tarbiyaviy funktsiyalarni amalga oshirish va tarbiyaviy jarayonlarni loyihalash;


  • o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga imkon beruvchi tarbiyaning turli metod va vositalarini tanlash hamda foydalanish;


  • o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi monitoringini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;


– zamonaviy maktabda ta’lim-tarbiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;


– ta’limdagi innovatsion jarayonlarni loyihalash metodologiyasi va metodlarini qo‘llay olish;
test materiallarini olish, tekshirish;
– koordinatorlarni test jarayonini o‘tkazish bo‘yicha materiallar bilan tanishtirish hamda test jarayonini o‘tkazishga tayyorlash;
– test o‘tkazish uchun bino va materiallarni tayyorlash malakalariga ega bo‘lishi lozim.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin