O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə19/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

beshinchidan, u fikrini aniq tushuntirish maqsadida, uni chiroyli so‘zlar bilan ifodalay olishi zarur;
oltinchidan, u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo‘lishi, o‘qish-o‘rganish jarayonida sira charchamaydigan, mashaqqatlardan qochmaydigan bo‘lishi zarur;
yettinchidan, yeb-ichishda ochofat bo‘lmasligi, aksincha, o‘zini tiya olishi, (qimor yoki boshqa) o‘yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi zarur;
sakkizinchidan, u haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan bo‘lishi zarur;
to‘qqizinchidan, u o‘z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo‘lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug‘ma oliyhimmat bo‘lishi, ulug‘, oliy ishlarga intilishi zarur;
o‘ninchidan, bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo‘lishi zarur;
o‘n birinchidan, tabiatan adolatparvar bo‘lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko‘ruvchi, o‘z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o‘zi suygan go‘zalliklarni ravo ko‘ruvchi bo‘lishi zarur. O‘zi haq ish oldida o‘jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo‘lishi zarur;
o‘n ikkinchidan, o‘zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va hadiksirashlarga yo‘l qo‘ymasligi zarur2.
Endi uzingizni baholang. Xar bir keltirilgan xislatlarni Sizda rivojlantirganligini 1-5 ballgacha baholang.


Mavzuga oid nazorat savollari
  1. Maktab menejmentiga ta’rif bering?


  2. Boshqaruv madaniyati haqidagi tushunchalaringiz?


  3. Boshqaruv uslublari hamda rahbarlik turlari haqida nima bilasiz?


  4. Maktabda boshqaruv nazorati qanday tashkil etiladi?


  5. Boshqaruv madaniyatini ta’rifini yarating?


  6. Boshqaruv madaniyati ko‘rsatkichlari nechta va ular qaysilar?


  7. Maktab menejmenti bo‘yicha Rossiyada hamda O‘zbekistonda nashr etiladigan jurnallarni sanab bering?


  8. Zamonaviy menejerga qo‘yiladigan talablarni ayting?


  9. Maktab rahbarining lavozim majburiyatlari?


  10. O‘z-o‘zini baholash deganda nimani tushunasiz, o‘z-o‘zini baholash qachon samara bermaydi?


3-MAVZU. TA'LIM MUASSASASI ICHKI BOSHQARUVIDA PEDAGOGIK TAHLIL. PEDAGOGIK JARAYONNI TIZIMLI TAHLIL QILISH . SWOT-TAXLIL





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin