O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə21/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Tahlil yo‘nalishi
Tahlilning bu yo‘nalishi «boshdan oxiriga» qarab yo‘nalgan, kamchiliklarni, avvalo, shart-sharoitlarda aniqlab, so‘ngra yetarlicha mantiqiy asoslarsiz kamchi­liklarni natijalarga bog‘lovchi an’anaviy yo‘nalishdan farq qiladi. Tavsiya qilinayotgan hozirgi usul tugal natija uchun muammo yechimini izlashda ehtimol tutilgan arzimas sohalarni ajratib qo‘yib, eng muhimlarini e’tiborda qoldirish imkonini beradi. Bu bi­lan tahlil jarayoni muvofiqlashadi va «tafakkur tejaladi». Shu bilan birga, tahlil jarayonida oqibat (na­tija) va sabab (o‘quv-tarbiya jarayoni kamchiliklari va shart-sharoitlar) o‘rtasidagi mantiqiy aloqalar bir qatorga tiziladi.


2. Takomillashgan ta’lim muassasasi konsepsiyasini shakllantirish
«Nimani o‘zgartirish talab qilinishi» aniklangandan so‘ng «Buni qanday qilish mumkin?» degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Ya’ni, talab qilinayotgan o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini qidirish va belgilash vazifasi vujudga keladi. Har bir muammo uchun uni hal qilish usullarini ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqilgan usullardan esa, eng samarali va reallarini tanlab olish kerak.
Ta’lim muassasasi rivojlanishining yo‘nalishlari o‘zaro bog‘langan ikki qismdan iborat:
  • yangi boshqariladigan ob’ektning tavsifi;


  • yangi ta’lim muassasasini boshqaruvchi tizimning tavsifi.


  • yangi boshqariladigan ob’ekt bayoni kamida quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi kerak:


  • yangi (yoki modellashtirilgan) o‘quv muassasasining ta’lim bosqichlari bo‘yicha tuzilishi;


  • yangi o‘quv rejasi;


  • yangi o‘quv dasturlari;


  • o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning yangi usullari, yangi yondashuvlar, g‘oyalar, tizimlar;


  • o‘qitish, tarbiyalash va rivojlanishning ta’limning yangi mazmunini ro‘yobga chiqarishda yordam beradigan yangi texnologiyalari, uslublari, mexanizmlarining tavsifi.






  1. Yüklə 1,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin