O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə20/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Darsning maqsadi
Ta’lim muassasasining rivojlanish maqsaddarini, uning faoliyatini muammoviy tahlil jarayonlarini xosil qilish, boshqarishni takomillashtirishga doir me’yoriy hujjatlar bilan ishlash metodlarini o‘rganish hamda ulardan ta’lim muassasasiga rahbarlik jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Kutiladigan natija
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish maqsadida amalga oshirilgan ishlarning asosiy g‘oyasini ajratish, qabul qilingan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini yaratish va ta’lim muassasasi jamoasiga tegishli topshiriqlarni shakllantirish malakasiga ega bo‘ladi


Reja:

      1. Ta’lim muassasasi muammolari tahlili va maqsadi.


      2. Takomillashgan ta’lim muassasasi konsepsiyasini shakllantirish


      3. Takomillashgan ta’lim muassasasiga o‘tishning strategiyasi va vazifalarini ishlab chiqish


      4. Hulosa.



1. Ta’lim muassasasi muammolari tahlili va maqsadi
Bu tahlilni amalga oshirishda ta’lim muassasasining rivojlanish maqsaddarini, uning faoliyatini muammoviy tahlil qilmay turib, belgilash mumkin emasligidan kelib chiqish kerak.
Tahlil - maqsadlarni va ularga erishish usullarini aniqlash sari tashlangan birinchi qadamdir. Tah­lil natijasida ta’lim muassasasi yaxshiroq, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq ishlashi uchun nimalarni isloh qilishi zarurligini aniqlashi lozim. Bu savolga javobning muayyan, aniqlik darajasi muammo yechimini izlashga o‘tish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Ma’lumki, ta’lim muassasasi rivojlanishining har qanday dasturi pirovard natijada bitta umumiy muammo — ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar rivojlanishi muammosini hal qilishga qaratilgandir. Biroq bunday mavhum ko‘rinishda muammoni hal qilish mumkin emas, har bir holatda muammoni tizimlashtirish va muayyanlashtirish zapyp. Tahlilning vazifasi ham umumiy muammomi muayyanlashtirish va uni qismlar bo‘yicha hal qilish imkoniyatini ta’minlab, tizimlashtirishdan iborat.
Tahlilning tavsiya etilayotgan sxemasi boshlanishiga qarab harakat qilishni ko‘zda tutadi. Ta’lim muassasasining ish natijalarida nima qoniqtirmasligini aniqlash, o‘quv-tarbiya jarayonining natijalarida kamchiliklar bo‘lishiga sabablar, ta’sir etuvchi omillar, so‘ngra o‘quv-tarbiya muassasasi nuqsonlarini aniqlab beruvchi sharoitlardagi kamchiliklarni tugatishni nazarda tutadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin