O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Strategik maqsadni aniqlash. Maqsadlar shajarasini shakllantirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə47/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Strategik maqsadni aniqlash. Maqsadlar shajarasini shakllantirish.
Strategik maqsadni belgilashda quyidagi jihatlarga e‘tibor qaratish lozim:

- Maqsad qo’yish nima uchun muhimligini tushunish;


- Maqsad bilan "ideal obraz" (istiqbol)ni farqlash;
- Maqsad mazmunini shakllantirishga jiddiy yondashish.
Qo’yilgan strategik maqsad ta‘lim muassasasi jamoasi uchun qonun darajasidagi kuchga ega bo’lishi kerak. Yana shuni unutmaslik kerakki, maqsad qotib qolgan emas, u egiluvchan bo’lishi zarur. Ya‘ni sharoit taqozosiga ko’ra, kutilmagan holatlarda uni o’zgartirish imkoniyati bo’lishini inobatga olish muhim. Buning uchun:
- qo’shimcha resurslarni qaerdan tez topish yo’llarini bilish;
- kutilmagan vaziyatlarda tegishli ijrochilarni o’z vaqtida xabardor qilish;
- tahdid solish xavfi bo’lgan rejalar uchun vaqt sarfini zahirasi bilan belgilash zarur.
Maqsadlar - bu muassasa erishmoqchi bo’lgan aniq pirovard natijalar bo’lib, ular rahbariyat tomonidan faoliyatni rejalashtirish davomida ishlab chiqiladi. U muvofiqlashtirish mexanizmi bo’lib xizmat qiladi, chunki muassasa a‘zolariga ular nimaga intilishlari zarurligini bilish imkoniyatini beradi.
Strategik maqsadni to’g’ri belgilash uchun «Maqsadlar shajarasi»ni tuzish talab etiladi.
Maqsadlar shajarasi - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqaning chizma tasviridir. U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq vazifalar ro’yxatini olish va ularnnng nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga ega bo’lish imkonini beradi. Shu bilan birga, tashkiliy tizim bilan maqsadlar tizimi o’rtasida moslashuvni vujudga keltirish, topshiriqlarni bevosita ijrochilarga yetkazilishini ta‘minlaydi.
―Maqsadlar shajarasi‖ ierarxiyalar ko’rinishidagi bir necha darajalardan:
- bosh maqsad;
- I darajali kichik (asosiy) maqsadlar;
- II darajali kichik maqsadlar va hokazolardan tashkil topadi.
―Maqsadlar shajarasi‖ni shakllantirishda quyidagi talablarni inobatga olish muhim:
1. Bosh maqsadni shunday shakllantirish lozimki, uni bir nechta kichik maqsadga ajratish mumkin bo’lsin.
2. Bosh maqsadga erishish uchun albatta bir nechta maqsadni amalga oshirish lozim bo’lsin.
3. Maqsadlar shajarasi shakllantirilganda, maqsadlar quyi pog’onaga tushgan sari aniqlashib, soddalashib borishi lozim.
4. Bosh maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, maqsadlar shajarasi shuncha tarmoqlanib boradi.
Strategik maqsad ta‘lim muassasasining ichki va tashqi muhit tahlili hamda missiyadan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Masalan, ta‘lim muassasasining missiyasi ―Zamonaviy talablariga javob beradigan oliy ta‘limga kiruvchilarni tayyorlash‖ bo’lsa, uning maqsadi ―2019-2020 o’quv yilida 10 va 11 sinflarni o’z qiziqishi va qobiliyatlari asosida puxta tayyorlash‖ bo’lishi mumkin.
Taktik rejalar ishlab chiqish

Strategiya so’zining o’zi ikkinchi tushuncha - «taktika» so’zining borligini taxmin qiladi. Agar birinchisi uzoq muddatli rejalashtirish g’oyasini aks ettirsa, ikkinchisi uzoq muddatli rejani amalga oshirish uchun faoliyat rejasi ma‘nosini bildiradi. Bu umumiy strategiya bilan muvofiqlashtirilgan aniq boshqaruv harakatidir. Odatda, taktikani ishlab chiqish va uni amalga oshirish o’rta bo’g’in rahbarlar zimmasiga yuklanadi. Taktik reja qisqa vaqt uchun ishlab chiqiladi, u aniq va tez natijaga erishishga mo’ljallangan bo’ladi.


Strategik rejalashtirish jarayonida taktik rejalar uchun zaruriy ma‘lumotlar va shart-sharoitlar aniqlab olinadi. Afsuski, amaliyotda strategik va taktik rejalar o’rtasida har doim ham bog’lanish bo’lavermaydi. Ya‘ni, taktik rejalar kamdan-kam hollarda strategik rejalarga asoslaniladi. Taktik rejalashtirishning maqsadi strategik rejalar doirasida mavjud resurslar va imkoniyatlardan foydalanib, aniq maqsadlarga erishishning samarali yo’llarini topishdan iborat. Taktik rejalarda kim, nima, qachon va qaerda nima ish qilish kerakligi aniq ko’rsatiladi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin