O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


"Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligiii amalga oshirish shakllari va usullari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə52/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

2. "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligiii amalga oshirish shakllari va usullari
Ta’lim va tarbiya sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablarini samarali bajarishda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini ta’minlash o‘ziga xos pedagogik tizim, shakl va uslublarni talab etadi. Chunki bu jarayon farzandlar kamolatida va kelajakda katta hayot ostonasiga qadam qo‘yishida muhim hamkorlik hisoblanadi. "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligi shakllari deganda, albatta, oila bilan ta’lim muassasasini bog‘lab turuvchi ko‘prik, ya’ni vosita sifatida mahallani tushunish kerak. Ta’lim bilan tarbiya birgalikda olib borilishi kerak bo‘lgan jarayon bo‘lib, unda mahallaning o‘rni katta. Ya’ni shakllariga birinchi galda quyidagilar kiritiladi:

1. "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi"ning hamkorlikdagi faoliyati o‘sha jarayonning shaklini anglatadi. Ular bir-biriga uzviy bog‘liq. Ana o‘sha shaklning ish usullari turli xil ko‘rinishga ega. Hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlar har tomonlama puxta, shuningdek, qatnashchilarning yoshiga mos pedagogik va psixologik jihatdan uyg‘unlashgan, mantiqan teran, qiziqarli, ko‘rgazmali, ayniqsa ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo‘nda, estetik jihatdan jozibali bo‘lishi kerak.


2. Hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar mahalla xududidagi barcha yoshlar va turli toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo‘lishi lozim.
3. Hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlar "Ota-onangga rahmat!", "Odobingga balli!", "Sog tanda soglom aql", "Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq hunar oz", "O‘glim - posbonim", "Hayot - ustoz, xalq - muallim", "O‘zbekiston - Vatanim mening!", "Milliy burch va mas’uliyat", "Oila etikasi", "Oila tinch - mahalla tinch", "Askarlik - yigitlik maktabi", "Oila baxti - Vatan baxti", "Sport va oilam", "Oilamiz an’analari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz kimmiz?" kabi mavzularda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, turli mavzularda boshqa tadbirlarni o‘tkazib turish zarur. Masalan, "Namunali oilalar", "Ota - oila ustuni, ona - oila charog‘boni", "Uch avlod uchrashuvi", "Kasbim - faxrim mening", "Inson va tabiat", "Inson va salomatlik", "Inson va xuquq", "Oila va nikoh", "Oila - muqaddas tushuncha", "Oilaviy an’analar", "Mahalla va oila ma’naviyatining mustahkamligi", "Ota va ona - oila tayanchi", "Oilada sharqona sadoqat", "Farzand - oila faxri" va shu kabi mavzularda bo‘lishi maqsadga muvofikdir.
Ota-onalar majlisi, Qizlar klubi, Orasta qizlar to‘garagi, Saxovatli bolalar harakati va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidan maqsadli foydalanish "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy omillardan hisoblanadi. Bularning barchasi hamkorlikning shakllanishidir "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligini amalga oshirish usullari keng qamrovli hisoblanadi. Ta’lim muassasalari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida ota- onalarning yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha xuquqiy, ma’naviy-axoqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan "Ota-onalar universitetlari"ning hamkorlikdagi faoliyatining talab darajasida olib borilishi, "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi ishlariiiig samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim muassasalari bilan fuqarolar yig‘inlarida tuzilgan "Ota-onalar universiteti"ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarni hayotiy misollar bilan mustahkamlagan holda munozara, muloqot, uchrashuv, ko‘rik-tanlovlar shaklida o‘tkazilishi, shuningdek, taniqli olimlar, namunali oilalar, iqtidorli, ijodkor ota-onalar va bolalar, san’atkorlar, yozuvchi, shoirlarni taklif etish ijobiy samara beradi.
Ta’lim muassasalari bilan "Ota-onalar universiteti"ning yillik rejalari doirasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilinadi, mavjud holat bo‘yicha hisobotlar eshitiladi, hamkorlik ishlarini yaxshilashga doir takliflar o‘rganiladi va kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olinadi.
Ta’lim muassasalari jamoatchilik kengashlari bilan "Ota- onalar universiteti"ning faoliyati natijadorligini oshirishda quyidagi mavzularni keng qamrab olish mumkin:
- barkamol avlodni tarbiyalashda hamkorlikning ahamiyati;
- yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar;
- sog‘lom va ma’naviy boy shaxsni tarbiyalashda oilaning o‘rni;
- yoshlarni oilaga psixologik tayyorlash;
muloqot psixologiyasi hamda shaxslararo munosabatlar masalalari;
- bola shaxsini shakllantirishda ota-onaning o‘rni;
- oilada bolani o‘z ishini rejalashtirish va iqtisodiy tejamkorlikka o‘rgatish;
- yoshlarda tabiatga va ekologiyaga munosabatni shakllantirish;
- yoshlarni kasb-xunarga yo‘naltirish;
- oila, o‘smir va qonun hamda boshqalar.
"Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligi jamoat kengashi a’zolari mas’ulligida tizimli ravishda profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nazoratsizlik va qarovsizlik, surunkali dars qoldirish va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan ma’naviy taxdidlar, diniy aqidaparastlik va "ommaviy madaniyat"ning salbiy illatlaridan himoya qilishga qaratilgan hamkorlik ishlarini kuchaytirishda ijobiy natija beradi.
Yosh avlodni tarbiyalashda mahalla va ta’lim muassasasining o‘zaro hamkorlikdagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahallalarda yosh oilalar, kam ta’minlangan, noto‘liq yoki boquvchisini yo‘qotgan oilalar bilan ishlash, xulqi og‘ir, voyaga yetmagan holda pul topish bilan shug‘ullanayotgan yoki turli ishlarga jalb etilgan, muntazam darslarga qatnashmaydigan farzandlarning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazib borish, o‘tkaziladigan turli sayllar, uch avlod uchrashuvi, otalar maktabi, onalar maktabi, ma’naviyat exsoni kabi seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan ota- onalar, profilaktik hisobda turgan farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalar, oila turmush munosabatlari doirasidagi xuquqbuzarliklar sodir etganliklari uchun profilaktik hisobda turganlarni aniqlash hamda ular bilan profilaktik-tarbiyaviy ishlar olib borish lozim bo‘ladi.
Farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan ota-onalar, notinch va noqobil oilalardagi holatlarning sabablarini chuqur o‘rganish, natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashi, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor yig‘ilishlarda muhokama etish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda bunday salbiy illatlarning oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Mahallalarda tarbiyasi og‘ir bolalarning ota-onalariga bola bilan muomala qilganda uning uchun ahamiyatga ega bo‘lgan shaxslarni kamsitmaslik, harakatlarida ketma-ketlikka rioya qilish, ilgari ruxsat bergan narsalarga keyinchalik sababsiz ruxsat bermay qo‘ymaslik, bolaning shikoyatlarini hisobga olish, ulardan qo‘lidan kelmaydigan narsalarni talab qilmaslik lozimligini tushuntirib borish, agar bola biron fan bo‘yicha qiyinchiliklarga uchrasa, unga
yordam berish, uii har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, erishtan yutuqlari uchun maqtashni unutmaslik kerakligini tushuntirish. Bolalarga ishonch bildirish, u bilan rostgo‘y bo‘lish, uni boricha fazilat va nuqsonlari bilan qabul qilish, farzandida biror bir sabab bilan o‘qishda o‘zlashtirishi susaysa, unda uni birorta o‘zi yoqtiradigan to‘garakka qatnashtirish, bolaning bo‘sh vaqtini doimiy nazoratda tutish va uni o‘zi yoqtirgan mashg‘ulotlar bilan to‘ldirib borish, shuningdek, uni jamoa ishlariga jalb etish, maktab va oilada do‘stona aloqalar o‘rnatilishiga yordam berish, yutuqlari bilan ragbatlantirib borish kabi tavsiyalarni tadbirlar orqali yetkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy, tashkiliy, metodik ishlarni hayotga tatbiq etish, avvalo har bir fuqaro, oila, mahalla va ta’lim muassasalarining mavjud imkoniyatlarini inobatga olgan holda shakllantirilgan "Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligi Jamoat kengashining yillik rejasida belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosi bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
"Oila-mahalla-ta’lim muassasasi" hamkorligida Jamoat
kengashining quyidagi uslubiy asoslari orqali oila-mahalla-
ta’lim muassasalari hamkorligining samaradorligi va
natijadorligini ta’minlashga erishish mumkin:
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish;
ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasalariga yaqin xududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning uzviy ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
o‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayonini hamda ushbu sohaga oid normativ- huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga kiritish.
Barchasini hamkorlikda olib borishda fuqarolar yig‘ini raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, ma’sul kotib, "Mahalla posboni" jamoat tuzilmasi rahbari, fuqarolar yig‘inlarining tegishli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar, ko‘cha boshilar va ta’lim muassasalarining birgalikda olib borayotgan ishlari muhim hisoblanadi.
2. Fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar:
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning ma’naviy, axloqiy, xuquqiy, eetetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda soglom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish, ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda ta’lim muassasalari bilan birgalikda qatnashib, oqilona yechimlar topishda faollik ko‘rsatish, bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari va xududiy dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning hisobini yuritish, 9-sinf bitiruvchilarini kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarga joylashtirish jarayonida ta’lim muassasalari va ota-onalarga ko‘maklashish, akademik litsey, kasb-xunar kolleji o‘quvchi-yoshlarini ish bilan ta’minlash masalalarini hal etish, ayniqsa, qishloq joylarida ularning mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish;
• vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar va yoshlarning xuquqiy bilimlarini oshirish orqali ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga xurmat ruhida tarbiyalash, ular ongiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun va mohiyatini chuqur singdirish, ularning jamiyatdagi yangilanishlar yo‘lini keng qo‘llab-quvvatlashi va ushbu jarayonlardagi ijtimoiy faolligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• ota-onalar o‘rtasida ta’limning uzluksizligi, ta’limining majburiyligi haqida targibot-tashviqot ishlarini olib borish, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda mashgulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilarni aniqlab, o‘qishga qaytarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim va fuqarolar yigini tizimidagi yutuqlar va islohotlar haqida ota- onalarning keng ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash, shuningdek, bu borada fuqarolar yig‘inlari qoshidagi "Ota-onalar universitetlari" faoliyatini kuchaytirish;
• Jamoat kengashi va Ota-onalar kengashi bilan birgalikda ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, xuquqbuzarlik va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlarning, "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta’sirlarini oldini olish hamda bunga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;
• ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan barcha toifadagi shaxslar va voyaga yetmaganlarning yashash tarzi va xulq-atvorini muntazam ravishda o‘rganib borish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlar va yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reablitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning milliy ma’naviyatimizga zid bo‘lgan salbiy illatlar hamda turli ekstremistik oqim a’zolari ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, ularga diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning salbiy ta’sirini to‘g‘ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta’sir ko‘rsatish, ulug‘ ajdodlarimizning tarbiyaviy o‘gitlarini singdirib borishga keng jamoatchilikni safarbar qilish;
• o‘quvchi-yoshlar orasida turli milliy mentalitetimizga zid bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish hamda profilaktik nazoratda turuvchi o‘quvchilarni tarbiyalashda ota-onalar, mahalla, xuquq-tartibot idoralari va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish;
o‘zlarining jamiyatga zid hatti-harakatlari bilan farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ular tarbiyasi bilan shug‘ullanmayotgan ota-onalar, notinch oilalar, voyaga yetmaganlarni turli huquqbuzarliklar sodir etishga undovchi shaxslar, yoshlar ongini zaharlab, ularni turli diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishlariii ta’minlash maqsadida mazkur yo‘nalishdagi tashkilotlarga a’zo bo‘lishga da’vat etuvchi shaxslar, yoshlarga qonunga xilof ravishda diniy ta’lim beruvchilar, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi turli axborotlarni tarqatuvchi shaxslarni aniqlash hamda ular bilan profilaktik-tarbiyaviy ishlar olib borishda ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida ma’naviy barkamollikni targ‘ib qilish, ularni mahalla xududida istiqomat qilayotgan taniqli shaxslar, soha mutaxassislari, olim va san’atkorlar, ziyolilar imkoniyatlaridan foydalanib fan, madaniyat, san’at to‘garaklariga jalb etish;
• fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xuzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyalarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga, shu jumladan usta-xunarmandlarga biriktirish orqali ularni kasbga yo‘naltirish, ularning tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini o‘rganishlari va o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, sportning ommaviy va milliy turlarini, xalq o‘yinlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
• voyaga yetmaganlar va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borish, ular o‘rtasida profilaktika, sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
• farzandlariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalarni rag‘batlantirish (minnatdorchilik xati yoki e’lon qilish orqali, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish) va ularning hayot tajribasini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish;
• oila quradigan yoshlarning oila, jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyatini anglab yetishlari, "mustahkam oila" goyasining amaliy ifodasini ta’minlash maqsadida targibot-tashviqot ishlarini olib borish, yigit va qizlarni oila qurishga ruhiy-ma’naviy jihatdan tayyorlashga ko‘maklashishda ular bilan mahalladagi faollarning alohida suhbatlashishi, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish (bunda mahalladagi namunali oilalar tajribasidan foydalanish);
• "Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona" mavzusidagi ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish;
• ta’lim muassasalari va mahallalarda "Oila - muqaddas tushuncha", "Oilaviy an’analar", "Mahalla va oila ma’naviyatining mustahkamligi", "Ota va ona - oila tayanchi", "Oilada sharqona sadoqat" mavzularida suhbatlar va savol-javob kechalarini tashkil etish;
• erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari (radio, televidenie, matbuot sahifalari) orqali keng yoritib borish.
Fuqarolar yig‘inlarida "oila - mahalla - ta’lim muassasasi" hamkorligini quyidagi tizimga muvofiq amalga oshirish maqsadga muvofiq:
3. Ta’lim muassasalari bilai hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar:
- ta’lim muassasalarida ahillik, ijodiy muhit, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, bu maqsadga erishish uchun zaruriy shart- sharoit va imkoniyatlar yaratish;
- ta’lim muassasalarida "Ichki tartib qoidalari" va "Odob- axloq qoidalari" talablariga to‘liq rioya etilishiga erishish;
- ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, axborot- kommunikatsiya vositalaridan unumli foydalanish bo‘yicha shart- sharoitlar yaratish;
- xuquqiy tarbiyani doimiy reja asosida o‘quvchi-yoshlar, ota- onalar, mutaxassislar va jamoatchilikning faol ishtirokida amalga oshirish;
- tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targib qilish, aqidaparastlik, diniy ekstremizm va milliy taraqqiyotimizga zararli boshqa goyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
- ta’lim-tarbiya jarayonida turli xil chalg‘ituvchi vositalar (qo‘l telefonlari, videotasmalar, internet tarmogidagi ma’lumotlar, kompyuterdagi o‘yinlar)ning zararli oqibatlari haqida doimiy va keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- hozirgi murakkab sharoitda yosh avlod ongi va shuuriga ta’sir etish uchun bo‘layotgan ma’naviy taxdidlarga nisbatan muntazam tarbiya va tegishli mashgulotlar yordamida mafkuraviy immunitet hosil qilish;
- ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda sog‘lom g‘oyalarni, milliy g‘oya tamoyillarini singdirishga tabaqalashtirilgan holda yondashish va bu faoliyatni uzluksiz tarzda olib borish;
yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish, ayniqsa sport bilan shug‘ullanishlari, qiziqishlariga mos bo‘lgan to‘garaklarda shugullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
- o‘quvchi-yoshlarda kitobxonlik, mutolaa madaniyati, badiiy adabiyotga muhabbatni zamon talablarini e’tiborga olgan holda shakllantirish;
- o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini inobatga olib, ularni turli sohalar bo‘yicha kasb-xunarga yo‘naltirish, ularning biror bir aniq kasb-xunarni egallashi uchun poydevor yaratish, bunda otalarning rolini kuchaytirish maqsadida "Otalar majlisi"ni o‘tkazib borish hamda uzluksiz va tizimli yondashishni tashkil etish ( maktabgacha ta’lim - umumiy o‘rta ta’lim - o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi - oliy ta’lim);
o‘quvchilarni jamoat ishlarida faol ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali islohotlar va jamiyatni ma’naviy yangilash jarayonlarining faol ishtirokchisi ruhida tarbiyalash;
- bola tarbiyasi na’munali yo‘lga qo‘yilgan oilalar tajribasini tegishli muassasalar hamkorligida o‘rganish va ota-onalar majlislarida ommalashtirish tajribasini yo‘lga qo‘yish;
- maktabga (kasb-xunar kollejlari va litseylarga) surunkali kelmaydigan o‘quvchi-yoshlarni ta’lim muassasalari va mahalla faollari hamda hamkor Kengashlar yordamida o‘qishga jalb etish;
- o‘qishni va ishlashni xoxdamaydigan, xuquqbuzarlik sodir etishga moyil voyaga yetmaganlarni ro‘yxatga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko‘rib, jamoat kengashida muhokama qilish;
- tarbiyasi ogir yoshlar, farzandlar tarbiyasiga bee’tibor ota- onalar bilan muntazam va alohida ishlash, ularga pedagogik maslahatlar berib borishni tizimli tashkil etish;
- imkoniyati cheklangan bolalarni tuman, shahar tibbiyot- pedagogik komissiyasi orqali maxsus maktab-internatlarga joylashtirishga ko‘maklashish;
- ota-onasiz qolgan (chin yetim), ota-onalarining qaramog‘idan turli sabablarga ko‘ra mahrum bo‘lib qolgan bolalarni voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va xuquqbuzarlik profilaktikasi guruhi inspektorlari orqali tegishli "Mehribonlik uylari"ga joylashtirishga ko‘maklashish;
- o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga tayangan holda oilaviy hayotga tayyorlash;
- ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlarining mahallalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilishiga erishish;
- iqtidorli, ijodkor o‘quvchilarni rag‘batlantirish ishlarini mahalla hamkorligida amalga oshirish;
- bolalarning o‘z o‘quv muassasasi hududini toza, ozoda saqlash va obodonlashtirish (ta’lim muassasalari atrofidagi qarovsiz yotgan yerlarda mevali bog‘lar yaratish) ishlariga jalb etish, hasharlar tashkil etish;
hamkorlikda olib borilgan ijobiy ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish va boshqalar.
4. Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorlik mexaiizmiii kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar

Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi "Oila - mahalla - ta’lim muassasasi" hamkorligi Jamoat kengashi tomonidan yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, o‘rnatilgan tartibda xududiy Jamoat kengashlarining yillik rejalari Jamoat kengashi a’zolari bilan kelishilgan holda ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Mazkur rejani ishlab chiqishda xududiy xususiyatlar va imkoniyatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq.


Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi oila - mahalla - ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashining yillik rejasida belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlashga xududlarga biriktirilgan Jamoat kengashi a’zolari, xududiy Jamoat kengashi raislari va qaror bilan mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralar rahbarlari mas’uldir.
Jamoat kengashi a’zolari hamda tegishli vazirliklar va idoralar "oila - mahalla - ta’lim muassasasi" hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘z tizimlarida yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha monitoring yuritib, ularning ijrosini majlislarda muhokama qilib borishlari belgilangan.
Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi oila - mahalla - ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi tomonidan ijro monitoringini yuritish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘z navbatida xududiy Jamoat kengashlarida ham monitoring yuritiladi. Monitoring guruhlari tomonidan ma’lumotlar yozma va elektron nusxada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi muddatlarda takdim etiladi:
- har oyning 22-sanasigacha umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman bo‘limlariga;
- har oyning 23-sanasigacha Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman bo‘limlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari xuzuridagi Jamoat kengashiga;
- har oyning 25-sanasigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari xuzuridagi Jamoat kengashidan O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligi xuzuridagi Jamoat kengashiga;
- har oyning 28-sanasiga qadar Jamoat kengashi kotibi yuborilgan ma’lumotlarni umumlashtirib, Jamoat kengashi raisiga;
- har chorak yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berish belgilangan.
Hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni televidenie, radio va matbuot hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning o‘z tarmoq gazeta va jurnallarida, maxsus veb-saytlari orqali keng yoritish hamda namunaviy va ilgor ish tajribalarini ommalashtirish va ularning nazoratini yuritish maqsadga muvofikdir.
Shuningdek, Jamoat kengashi o‘z faoliyatini olib borish, ish rejalarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va moddiy- texnik bazasini mustahkamlashda amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy yordamlari hamda homiylik mablaglarini jalb etish xuquqiga ega.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin