Amaliy mashg‘ulot «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar MAJMUASIning ijrosini tahlil etamiz.
Guruhlarda ishlab, interaktiv usulida o‘tkaziladi.
Interaktiv usulida o‘tkaziladi. «Tafakkurning olti qalpoqcha» (Edvard de Bono metodikasi):
1 guruh
Oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan metodologik asoslarni yaratish
№
Ko‘zda tutilgan choralar
1.
Ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga doir uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarni tayyorlash, joylarga yetkazish.
2.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1 — 4-sinflarida «Bola tarbiyasi — kelajak mevasi», 5 — 7-sinflarida «Ilm ol — hunar o‘rgan!», 8-9-sinflarida «Tanlagan kasbing — sening kelajaging!» mavzularida «Otalar majlisi»ni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va joriy etish
3.
Yoshlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, pedagoglar, psixologlar va huquqshunoslar hamkorligida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan huquqiy axborotlarni o‘z ichiga olgan buklet, ma’lumotnoma va tarqatma materiallar ishlab chiqish va joylarga yetkazish.
4.
Qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatlik masalalari va balog‘at davri o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida «Orasta qiz yon daftarchasi» nomli qo‘llanmani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.