O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə10/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

AMALIY QISMI
1. Mashg‘ulot . Vaqtni personal qabul qilishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot.
Maqsad: vaqtni idrok qilishning individual xususiyatlarini aniqlash.
Bajarilishi. Ishtirokchilarning barchasi ko‘zlarini yumadilar. Trener buyrug‘i bilan hayolan bir daqiqa vaqt o‘tishini kutadilar. Daqiqani xayolan sanash mumkin emas.
Ushbu mashg‘ulot vaqtni idrok qilinishining keng ko‘lamini ko‘rsatadilar. Vaqtni idrok qilish bu individual xususiyatdir. 55 soniyadan 65 soniyagacha aniqlaganlar optimal variant sifatida qabul qilinadi.
Agar belgilangan vaqtdan kamroq vaqt ketsa, bu sizni juda shoshqaloq ekaningizni bildiradi. Vaqt aslida sizning idrokingizdan sekinroq kechmoqda.
Agar 66 soniyadan ortib ketsa siz juda bemalol odamligingizni ko‘rsatadi. Ba’zida biroz shoshilish ortiqchalik qilmaydi.
2. Mashg‘ulot. “Vaqt pirogi” (20 daqiqa) 
Maqsad: Vizual texnika yordamida “Vaqt kapitali” tushunchasini anglash. Yana bir rasmni ko‘rib chiqamiz (vaqt pirogi rasmi). Vaqt pirogi sektorlarining bizning qolgan vaqtimizga nisbatan ajratib bo‘yab chiqishga harakat qilamiz. Yoshingizga teng bo‘lgan sektorlarni sanang va ularni ajratib bo‘yab qo‘ying. Bu sizni yashab o‘tgan vaqtingiz. Bu yerda 60 ta sektor mavjud (inson hayotining pensiya yoshigacha bo‘lgan kuch quvvatga to‘la davri). Endi qolgan vaqtimizni ko‘rib chiqaylik. Agar biz uyqiga 8 soat vaqt ajratsak. Bu qolgan vaqtimizning 3 dan bir qismi bo‘ladi. To‘g‘rimi? Chunki bir sutkada 24 soat bo‘lsa uning uchdan biri 8 bo‘ladi. Shu tariqa qolgan vaqtimizning uchdan bir qismini uyquga ajratib ularni xam bo‘yab qo‘yamiz. Endi bo‘lsa qolgan vaqtimizdan yana xech nima qilmaydigan vaqtimizga ajrataylik, bunga yana taxminan 3 yilni belgilashingiz mumkin. Uni xam bo‘yab qo‘ying (guruhiy muhokama). Endi qolgan vaqtni ko‘ring, pirogning juda oz qismi qoldi. Ana endi shu qolgan qismini maksimal shirin, foydali qilishimiz kerak. Hozir siz bilan shuni amalga oshiramiz.
3. Mashg‘ulot. «Vaqt sarflovchilar» (25 daqiqa) 
Maqsad: Vaqt sarflovchilarni aniqlash
Yaxshilab o‘ylab sizning vaqtingizni bekorga sarflaydigan narsalar xaqida o‘ylang. Biror ishni bajarganingizda nimalar sizga to‘sqinlik qilganini o‘ylab ularning ro‘yxatini tuzing. Ularning qaysilari qancha vaqtingizni behuda sarf qilganini o‘ylab ko‘ring va yozing.
Oldingizda vaqtingizni behuda sarflaydigan ishlarningt tayyyor ro‘yxati hosil bo‘ldi. Endi ularni qanday bartaraf qilish mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.
Vaqtingizni behuda sarflashga undayotgan sabablarni aniqlab olsangiz, ularni barataraf qilishga bo‘lgan harakatlaringiz xam aniqlab olasiz. Quyida sizga vaqtni behuda sarflashga undovchi ro‘yxatni keltiramiz. Ularning orasidan o‘zingizga to‘g‘ri keladiganini ajrating.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin